Яратилиш санаси 29.09.2023

QUR’ONI KARIM TILOVATINING FAZILATI

Qur’oni karimning eng ulug‘ fazilati uning Allohning Kalomi bulishidadir. Alloh taolo uni kup oyatlarda madh qilib, jumladan, bunday deb marhamat etadi: 

«Bu sizga nozil etgan muborak kitob» (An’om surasi, 22-oyat); 

«Darhaqiqat, bu Qur’on tug‘ri yulga boshlaydi» (Isro surasi, 9-oyat); 

«Qur’onda zohiriy ham, botiniy ham botil yuq» (Fussilat surasi, 42-oyat).

Imom Buxoriy Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan rivoyat etgan hadislarida bunday deyiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarning eng yaxshilaringiz – Qur’oni karim ta’limini olib, sung uni uzgalarga ham urgatganidir», deya marhamat qildilar».

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat etilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: «Darhaqiqat, Alloh huzurida odamlardan Uziga xos ahli mavjud». «Ey Allohning rasuli! Ular kimlar?» deb surashdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Qur’on ahli (ya’ni, uni yod biluvchilar). Ular Alloh ahli va xoslaridir». Imom Nasaiy rivoyat qilganlar. 

Yana boshqa bir hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytdilar: «Qur’oni karimni jo etgan qalbni Alloh azoblamaydi».

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat etilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: «Qur’on sohibiga (qiyomat kunida) amr etiladi: «Uqing, yuqori darajaga chiqing. Dunyoda uni tilovat etganingizdek, Qur’on tilovat eting, zero sizning (jannatdagi manzilingiz) oxirgi uqigan oyatingiz yetgan urindadir». Imom Termiziy bu hadisni sahih, deb aytganlar.

Buraydadan rivoyat etilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: «Darhaqiqat, qiyomat kunida Qur’on o`z sohibiga qabri ochilgan vaqtda yuzlari oqargan kishiga uxshab uchrashadi va unga qarata: «Meni taniysanmi?» deb suraydi. Sohibi Qur’on: «Seni taniy olmadim», deb javob beradi. Qur’on unga: «Men kunning issiq vaqtida seni chanqatgan, tunlaringni bedor etgan sening sohibing Qur’on bulaman. Chindan ham har bir tijoratchi o`z tijorati ortidan kasb etadi. Men bugun senga barcha tijoratdan kifoya etgayman», deydi. Bas, ung qo`liga qudrat va tasarruf, chap qo`liga esa bardavomlik va abadiylik beriladi. Boshiga esa ulug‘lik toji kiydiriladi. Ota-onasiga esa dunyoda tengi yo`q muhtasham liboslar kiydiriladi. «Nima uchun bu kiyimlarni bizga kiydirdingiz?» deb savol etishsa, unga: «Farzandingiz Qur’oni karimni yod olgani sababli», deb javob qaytariladi. Sung Qur’on sohibiga: «O`qing! Jannat bog‘lari va manzillariga kutariling», deb aytiladi. Bas, Qur’on sohibi uni tez yoki sekin-asta tilovat etishiga muvofiq jannatda yuqori darajalarga kutarilib boradi». Bu hadisni Imom Ahmad va Doromiy Abu Nuaym hadisidan rivoyat etishgan.

Muhitdinov Alisher 

“Hidoya” o'rta maxsus islom 
bilim yurti o'qituvchisi