Яратилиш санаси 30.09.2023

Arab tilida f'el

Moziy (o`tgan zamon), muzoriy (kelasi va hozirgi zamon) va amr (buyruq) fe`llar.

Fe`l moziy, muzoriy va amrga bo`linadi.

Moziy ( o`tgan zamon fe`li) – so`zlashlik zamondan oldin, o`tgan zamonda biror hodisani hosil bo`lishligiga dalolat qilgan fe`ldir.

Misol: “ قَرَأَ ” – “ o`qidi” va uning alomati foilni “ to ”si yo`liqishligi “ قَرَأْتُ ” va sukunli muannaslik “ to ”si “قَرَأَتْ  ” 

Muzoriy ( kelasi va hozirgi zamon fe`li ) – so`zlashlik zamonida yoki undan keyin, bir hodisani hosil bo`lishiga dalolat qilgan fe`ldir. U hozirgi va kelasi zamon uchun keladi. Hozirgi zamon uchun tavkidning “ لام ” va inkor “ ما ” sini ta`yin qilinadi.

Misol: “ تذهبوابه أن ليحزننى إنى ” – “ uni olib ketishlaringiz meni hafa qiladi” va      “  غدا تكسب ذا ما نفس تدرى ما ” – ertaga nima qilishligini biror – bir jon bilmaydi. Kelasi zamon uchun “ السين ”, “ سوف ”, “ لن ”, “ إن ” va “ أن ” ni ta`yin qilinadi. 

Misol: “ نارًا سيصلى ” – tezda olovga kiradi , “ يرى سوف ” – tezda ko`radi. Uning alomati “ لم ” dan keyin kelishligi. Misol: “ يَقْرَأْ لم ”- “o`qimadi” va lozim bo`ladi “ أنيت ” harflaridan bir harf bilan boshlanishligi. “Xamza” mutakallim uchun , “Nun” ko`plik mutakallim uchun, va “Yo” muzakkar g`oib va muannas ko`plik uchun. “To” mutloq muxotab va birlik va ikkilik g`oib uchun.

Amr ( buyruq fe`li ) – so`zlashlik zamonidan keyin biror hodisani hosil bo`lishini talab qilishlikdir. Misol: “ إقرأ ” “ o`qi ” va uning alomati talabga dalolat qilish bilan birga ta`kidi nunini qabul qilishi.

أسماء الافعال

                                                     ( fe`llarning ismlari)

Ismi fe`llar u fe`llarni ma`nosiga dalolat qiladiyu, uning alomatini qabul qilmaydigan lafzlardir. U uch nav bo`ladi.

1 O`tgan zamon fe`lining ismi “ هيهات ” “ uzoqlashdi ” va “ شتان ” “ ajrashdi ” ma`nosida.

2 Kelasi zamonning ismi. U “ وى ” “ ajablandi ” va “ أف ” “ zerikdim ” ma`nosida.

3 Buyruq fe`lining ismi. “ صه ” “ sukut qil ” va “ آمين ” “ ijobat qil ” ma`nosida.

Ismi fe`llar “ murtajal ” va “ manqula ”ga bo`linadi. Murtajal - ismi fe`llarni o`z o`rnida qo`yilgan ismdir. Misolda o`tgani kabi.

Manqula - ismi fe`llarga ham boshqa narsaga ham ishlatiladigan ism, jor va majrurdan bo`ladi. Misol: “ نَفْسَكَ عَلَيْكَ ” bu yerda “ عَلَيْكَ ” “lozim tut” ma`nosida va “إِلَيْكَ” “ saqlan” ma`nosida. Yoki zarfdan bo`ladi. Misol: “ الدِّرْهَمَ دُونَكَ ” bu yerda “دُونَكَ ” “ol” ma`nosida va “ مَكَانَكَ ” “ sobit tur ” ma`nosida. Yoki o`zakdan bo`ladi.

Misol: “رُوَيْدَ اَخَاكَ  ” “ ininga muxlat ber ” ma`nosida va “ الْاَكُفَّ بَلْهَ ” ya`ni “ tark qil” ma`nosida.

Ismi fe`llar birlik, ikkilik, ko`plik, muannaslik va muzakkarlik uchun ham bir holatda bo`ladi. Lekin xitobning “ kofi ” o`zini xolatiga qarab o`zgaradi: 

“ عَلَيْكُنَّ, عَلَيْكُمَ , عَلَيْكُمَاَ , عَلَيْكِ , عَلَيْكَ”Hammasi eshitilgandir.

   أسماء  الاصوات 

          (Ovozlarning ismlari)

Ismi ovozlarni ismi fe`llarga qo`shiladi. U ikki nav bo`ladi.

1- Hayvonlardan aqlsizlariga xitob qilinadi. Misol:  “ هس ” qo`y uchun va “ هيد ” tuya uchun.

2- U bilan ovozlarni hikoya qilinadi. Misol: “ غاق ” qarg`a uchun va “ طق ” tosh  uchun.

Jamiki ismi ovozlar eshitilgandir.

Otaxanov Adhamjon

bilim yurti mudarrisi