Muhaddis ulamolarimiz ilmiy merosini o'rganib, hayotga tadbiq etamiz
Joriy yil 4 dekabr kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflariga bo‘lgan muhabbatni yanada ziyoda qilish maqsadida “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “MUHADDIS ULAMOLARIMIZ ILMIY MEROSINI O'RGANIB, HAYOTGA TADBIQ ETAMIZ” shiori ostidagi hadis musobaqasi bo‘lib o‘tdi.



Musobaqani Quron tilovati va ta’lim muassasasi o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Sodiqjon Madmusayev tomonidan hadis borasidagi ma’lumotlari va kelajakda talabalarning ilmiy salohiyatlarini oshirish to‘g‘risida taklif va mulohazalari bilan boshlandi.
Tadbir musobaqa shaklida tashkil etilgan bo‘lib, ta’lim muassasasi 51-guruhning “Imom Termiziy avlodlari”, 53-guruhning “Imom Dorimiy avlodlari” va 54 guruhning "Imom Buxoriy avlodlari" 55-guruhning “Imom Muslim avlodlari” jamoalari ishtirok etdilar.




Musobaqa 3 ta shartni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular quyidagilar:
Tezkor savol-javob.
Ushbu shartda har bir guruhdan bittadan talaba ishtirok etadi. Har bir ishtirokchiga “Mustalahul hadis kitobidan 10 tadan tezkor savollar beriladi. Ishtirokchi tez javob berishi shart, o‘ylash uchun vaqt berilmaydi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan beriladi.
2. Oltin silsila ulamolari hayoti va ijodini so'zlab berish.
Ushbu shartda har bir guruhdan bittadan talaba ishtirok etadi. Har bir ishtirokchiga taqdim etilgan ulamo borasida ilmiy izlanish olib boradi. Hamda ma'lumotni atroflicha yoritib beradi. Baholash 5 ballik tizimda. Reglament 5 daqiqa.
3. “Arbaiyn Navaviy" asarida kelgan hadislardan birini sharhlab berish.
Ushbu shartda har bir guruhdan bittadan talaba ishtirok etadi. Har bir ishtirokchiga “Arbaiyn Navaviy” asarida kelgan hadislardan birini sharhlab beradi. Baholash 5 ballik tizimda.





Bo‘lib o‘tgan musobaqa qizg‘in tarzda davom etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra
1-o‘rin sohibi Imom Buxoriy avlodlari jamoasi
2-o‘rin sohibi Imom Termiziy avlodlari jamoasi
3-o‘rin sohibi Imom Muslim avlodlari jamoasi
Musobaqa so‘ngida g‘olib bo‘lgan jamoalar faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati