“FAN OYLIGI MUSOBAQA G’OLIBLARI MUKOFOTLANDI”
Barchaga ma’lumki O’zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi barcha islom ta’lim muassasalarida har oyda rejada tasdiqlangan fanlardan fan oyliklari o’tkazilib kelinadi. Anashu an’anani davom ettirgan holda “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2026-yil oktyabr oyi “Fiqh va usulul fiqh” fanlari oyligi deb e’lon qilingan edi. Shunga muvofiq bu oyda belgilangan fanlardan davra suhbati, kitob ko’rgazmasi va ochiq darslar tashkil etildi.
Ushbu fanlarga talabalar qiziqishini yanada oshirish uchun fiqh fanidan “Muxtasarul viqoya” kitobidan tahorat kitobini yodlash bo’yicha musobaqa tashkillashtirildi. Bunda 1-kursdan to 4-kursgacha hamma ishtirok eta olishi inobatga olindi. Shartga ko’ra ishtirokchi talaba bir martada tahorat kitobini hammasini to’liq yodlab berishi lozim edi. Yakunda ushbu shartni bajargan talabalar orasidan g’oliblikni qo’lga kiritgan uch nafar talaba sovrinli o’rinni egalladilar. Bular:
1-o’rin: 4-kurs, 54-guruh talabasi Nazrullayev Muhammadsodiq jami 99 ball (5ta xato).
2-o’rin: 1-kurs, 60-guruh talabasi Xudayberdiyev Muhammadismoil jami 99 ball (6ta xato).
3-o’rin: 4-kurs, 55-guruh talabasi Ergashev Abrorbek jami 99 ball (21ta xato).
o’zaro kichik farq ila o’rinlarni egalladilar.
Sovrindor bo’lgan talabalar ta’lim muassasa ustozlari tomonidan kitob bilan taqdirlandilar. Sovrinli o’rinlarga kira olmagan qolgan ishtirokchilar o’rinlari qo’yidagicha:
4-o’rin: 3-kurs, 57-guruh Yusufxonov Saidkamoliddin - 97ball (7ta xato)
5-o’rin: 4-kurs, 54-guruh Hamidov Abduxalil - 95ball (17ta xato)
Bu musobaqaning birinchi bosqichi edi. Ikkinchi bosqish esa dekabr oyidan davom ettiriladi. Barcha talabalarni unda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Zero, yaxshilik yo’lida musobaqalashish-targ’ib qilingan ishlardan hisoblanadi.
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim
muassasasi fiqh fani o’qituvchisi