Яратилиш санаси 16.11.2026

“DINIY BAG‘RIKENGLIK – OTA-BOBOLARIMIZDAN MEROS BO‘LGAN MILLIY QADRIYAT”

“16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Axborot va murabbiylik soati” doirasida “Diniy bag‘rikenglik – ota-bobolarimizdan meros bo‘lgan milliy qadriyat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar quyidagilarga qaratildi:

Ajdodlar merosini ulug‘lash: Turli millat va konfessiya vakillariga hurmat, o‘zaro hamjihatlik hamda diniy bag‘rikenglik xalqimizning necha asrlik tarixiga ega azaliy milliy va diniy qadriyatlarining ajralmas poydevori ekanini talabalar ongiga chuqur singdirish;

Islom ma’rifati va tarixiy an’analar: Muqaddas islom dinida o‘zga din vakillariga nisbatan bag‘rikeng va adolatli munosabatda bo‘lish tamoyillarini yoritish, buyuk ajdodlarimizning o‘zaro totuvlik va bahamjihatlik borasidagi ibratli hayot yo‘lini yoshlarga o‘rnak qilib ko‘rsatish;

Mafkuraviy immunitetni mustahkamlash: Globallashuv va turli g‘oyaviy xurujlar davrida yoshlarda radikalizm, millatchilik hamda mutaassiblik kabi yot illatlarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish, yurtimizdagi tinchlik va ahillikni ko‘z qorachig‘idek asrash muhimligini tushuntirish;

Qadriyatlarga sodiqlik: Ko‘p millatli jamiyatimizda o‘zaro hurmat va muloqot madaniyatini yuksaltirib borish, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sodiq qolish ahamiyatini ta’kidlash.

Tadbirda ta’lim muassasasi tarbiyachi-pedagogi I.Dadabayev, guruh rahbari A.Ismoilov hamda 4-bosqich talabalari ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati