Abulhasan Ali ibn Usmon ibn abiy al-Jullobiy al-Hujviriy
Abulhasan Ali ibn Usmon ibn abiy al-Jullobiy al-Hujviriy al-G‘aznaviy hijriy IV- asrning oxirlarida Gʻazna yaqinidagi Hujvir qishlog‘ida taqvodor oilalarning birida tavallud topgan. Shu yerda Shayx Abul Fazl Muhammad ibn Xatliydan Keyin ustozi Abu Abbos ibn Ahmad Muhammad Ashkaniy hamda Abulqosim Gurgoniy Xoja Muzaffardan ilm sirlarini o‘rganadi. Shu bilan birga ustozdan tariqat ilmini ham o‘rganadi. Shundan so‘ng Haj safariga chiqadi. Hayotining ko‘p qismini safarda o‘tkazadi. Farg‘onadan Huzistongacha, Hindistondan Suriyagacha bo‘lgan mamlakatlarni kezgan.
Alloma safar vaqtida va safardan keyin Abul karim Qashiriy, Abusaid Abulxayr, Abuali Faryumodiy singari alloma va muhaddislardan hadis tinglab, yod oladi. U o‘zining “Kashfu-l-mahjub” asarida ko‘plab asarlar bitganini qayd etadi: “Devon”, “Minhoju-d-din” (Dinning to‘ri yo‘li), “Asroru-l-Hiroq”(Hirqa va Moun sirlari), “Kitabu-l-fano va baqo” (Fano va baqo kitobi), “Kitabu-l-bayon li ahli-l-iyyon” (Bayo etilgan mohiyat izhorlari kitobi), “Baru-l-qulub” (Qalblar dengizi), Bulardan tashqari nomi aytilmay Mansul Xallojning naqllari talqini hamda Iymon haqidagi kitoblarning muallifidir. Ammo bu asarlar bizgacha yetib kelmagan.
“Kashfu-l-mahjub” asarining to‘liq nomi “Kashf-l-mahjub li arbobu-l-qulub” (Qalb sirlaridan xabardorlar hijoblarining kash etilishi). Asar laxo‘rda Hujvirli do‘sti abu Sayyid savollariga javob tariqasida yozilgan.
Muallif ushbu asar haqida: “Men bu kitobni “Kashful-mahjub” deb atadim. Istagim: ichki nur bilan bezalgan insonlar kitobning nomini o’qigandanoq uning nima haqida ekanligini darhol anglab yetsinlar.”
Shuni unutmaslik kerakki, barcha insonlar ruh haqiqatidan nozik parda bilan to’silgandir. Ollohning do’stlari bo’lgan payg’ambarimiz, aziz-avliyolar bundan mustasno, albatta. Ushbu kitob Haqqa yetishmoq yo’lida tasavvuf ahlining bergan fikr-mulohazalarini o’z ichiga olganligi uchun ham shunday nom oldi, boshqacha nom bilan atash o’rinli emas edi.
Alloma hayotining so‘nggi damlari Lohurda kechgan 445 yil shu yerda vafot etgan.
Aqilxanov Saidolim
“Hidoya” oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchisi