Qur'oni Karimdagi Makkiy va Madaniy suralar (1- qism)
Qur'on suralari ikki qismga bo'linadi.
1- Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Makkadan Madinaga xijrat qilishliklaridan avval nozil bo'lgan suralar '' Makkiy suralar '' ya'ni Makkada nozil bo'lgan suralar deyiladi.
2- Xijratdan keyin nozil bo'lgan suralar esa Madaniy suralar ya'ni Madinada nozil bo'lgan suralar deyiladi.
Makkiy oyatlar Allohning yagonaligi va sifatlari, Qur'onning va Payg'ambar alayhissalomning haq ekanliklari. Mushriklarning tanqid qilishliklari, o'tgan ummatlar qissasi, musulmonlarning odobu axloqlari qanday bo'lishi kerak ekanligi, qiyomat kuni va unda sodir bo'ladigan holatlar, Odam Ato va shayton o'rtasida bo'lib o'tgan voqea va hodisalarning qissasi, e'tiqod masalasi va unga doir mavzularni bayon qiladi. Bundan tashqari Makkiy oyatlar odatda qisqa bo'ladi. ''Kalla'' lafzi va ''Yaa ayyuhannasu'' jumlasi bo'ladi.
Abul Qosim al-Hasan ibni Muhammad ibni Habib an-Niysaburiy o'zlarining ''At-Tanbih'' nomlik kitoblarining ''Qur'on ilmi fazilatlari'' bobida bunday deydilar.
Qur'on ilmlari ichida eng muhim va sharafli bo'lgan ilmlardan biri Qur'on oyatlarini qanday nozil bo'lganligini bilish, qaysi bir oyat Makkada yoki Madinada nozil bo'lgan bo'lsa ularni o'shanga qarab joylashtirilganligini bilish, Madinada nozil bo'lgan bo'lsada, lekin hukmi Makkiy bo'lgan sura yoki oyatlar va yoki aksincha, qaysi oyat Makkada nozil bo'lgan bo'lsada, lekin uning hukmi Madaniy oyatlar hukmidan ekanligini bilish uchun ham ulamolar juda qiyin va mashaqqatli ishga qo'l urganlar. Va buni aniqlashlikda o'zlarining oldilariga asosiy bilish kerak bo'lgan navlarni bayon etganlar. Ular quyidagilar.
1. Qaysi oyat Makkada nozil bo'lgan.
2. Madinada nozil bo'lgan oyatlar.
3. Makkiy yoki Madaniy oyat ekanligida ixtilof qilingan oyatlar.
4. Madaniy suralar ichida kelgan Makkiy oyatlar.
5. Makkiy suralar ichida kelgan Madaniy oyatlar.
6. Makkada nozil bo'lgqan bo'lsa ham, lekin uning hukmi Madaniy oyatlarga kiradigan oyatlar.
7. Madinada nozil bo'lgan bo'lsada, lekin hukmi Makkiy bo'lgan oyatlar.
8. Makkada nozil qilingan oyatlarni Madaniy oyatlarga o'xshash jixatlari.
9. Madinada nozil qilingan oyatlarni Makkiy oyatlarga o'xshash jixatlari.
10. Makkada nozil bo'lgandan so'ng Makkadan Madinaga olib ketilgan oyatlar.
11. Madinada nozil bo'lganda so'ng Madinadan Makkaga olib kelingan oyatlar.
12. Kechasi yoki kunduzi nozil bo'gan oyatlar.
13. Yozda yoki qishda nozil bo'lgan oyatlar.
14. Safarda yoki Xazarda ya'ni (muqimlikda) nozil bo'lgan oyatlar.
Mana shu zikr etilgan 14 ta band Makkiy va Madaniy oyatlarning bir-biridan farqlay bilishlikdagi asosiy jixatlar sanalganligi uchun mazkur 14 ta qavlning majmuasini Makkiy va Madaniy oyatlarni bilish ilmi deyiladi.
Tursunov Abdulboqiy
"Hidoya" o'rta maxsus islom
bilim yurti o'qituvchisi