Ilmni e'zozlash va uni ulugʻlash
Albatta ilm bulogʻi va manbai kitobdir! Imom Xalvoniy xazratlaridan xikoya qilinadi, u zot:
“Men bu ilmga faqat uni hurmat qilib erishganman! Qogʻozni doim tahorat bilan olib, betahorat kitobga yaqin kelmas edim” degan ekanlar.
Shayxulislom Saraxsiy xazratlari kunlarning birida qorin ogʻrigʻi kasalligi bilan ogʻridilar. Oʻsha kechasi tahoratlarini takror-takror yangilaganlar. Xullas oʻn yetti bora tahorat olgan ekanlar. Chunki uzot ilmlarini faqat tahoratda qaytarar edilar.
Zero ilm nurdir, tahorat esa poklik va nurdir. Ikki nur bir biriga qoʻshilib nurlar yanada ziyoda boʻladi. Taxoratning nuri ilm nurining ziyosini koʻpaytiradi.
Shuningdek kitobni asta varaqlash, imkon qadar bir ochishda kerakli sahifani ochish va zarur boʻlganda uni varaqlash xam ilmni ulugʻlash jumlasiga kiradi. Kitobni varaqlashda kitob varaqlarini gʻijimlab, buklab, barmogʻiga tuflab varaqlash xunuk va nomaqbul ishdir.
Zero kitobni ulugʻlash ilmni ulugʻlash ekan, talaba kitobni xar vaqt tahorat bilan ushlamogʻi kerak boʻladi. Bu ishga odatlanishi oʻziga foydadir.
Jamalov Qodirxon
“Hidoya” o'rta maxsus
islom bilim yurti talabasi