Яратилиш санаси 28.10.2023

Badriddin Ayniyning hayoti va ilmiy merosi

Ismi va nasabi. “Al-Banoya sharhul Hidoya” asarining muallifi buyuk olim, faqih, muhaddis Badriddin Ayniy rohmatullohi alayhi xazratlaridir. Ul zotning to’liq ismi sharifi Maxmud ibn Ahmad ibn Muso ibn Ahmad ibn Husayn ibn Yusuf  ibn Maxmud al-Aynatobiy al-Hanafiy. Kunyalari esa Abu Sano va Abu Muxammad. Laqabi Badriddin.[1]

Tug‘ilishi. Badriddin Ayniyning shogirdi imom Ibn Tag‘riy Bardiy bergan ma’lumotga ko’ra ustozi hijriy 762-yil Ramazon oyining 26-kuni (milodiy 1362-yil) Halabdan 3 marhal (1 marhal – 44 km.532 metr) uzoqlikda joylashgan Aynatob shaxrida tug‘ilgan. Uning shogirdlaridan yana biri imom Saxoviyning ma’lumotiga binoan esa Badriddin Ayniy hijriy 762-yil Ramazon oyining 27-kuni tavallud topgani zikr qilinadi. Badriddin Ayniyga tug‘ilgan yurtiga nisbatan al-Aynatobiy deb, yoki qisqacha al-Ayniy deb nisbat berishgan. 

Oilasi.Badriddin Ayniyning oilasi ilmli, diyonatli, solih oilalardan biri bo’lgan. Otasi va bobosi qozi, bobolaridan biri Husayn ibn Yusuf mashxur qorilardan bo’lgan. Otasi Shihobuddin Ahmad ibn Muso hijriy 725-yil (milodiy 1326-yil) Halab shahrida tug‘ilib voyaga yetgan. So’ng Aynatob shahriga ko’chib kelgan. U erda bir masjidga imom bo’lgan. Keyinchalik qozilik martabasiga erishgan. U faqirlarni, bevalarni va yetimlarni holidan xabar oluvchi, yaxshilik qiluvchi, fazilatli inson bo’lgan. Ayniqsa ilm ahlini juda e’zozlagan. Badriddin Ayniy otasi haqida quyidagi rivoyatni keltiradi: “Otam sahovatli inson bo’lganlar. Hijriy 888-yil Aynatobdagi barcha yetim va nochor insonlarni to’plab ziyofat qilib berdilar. Men ana shu paytta o’z ko’zim bilan shahardagi g’ariblarni it, eshak go’shtini eyotganlarini ko’rganman”. Badriddin Ayniy hijriy 819-yil oila qurdi. Uni bir necha farzandlari bo’lgan. Tarix kitoblarida ularning bazilarini ismlari zikr qilingan: Abdulaziz, Abdurrohman, Ibrohiym, Ali, Ahmad, Abdurrohiym, Fotima va Zaynab. 

[1]Solih Yusuf.”BadruddinAyniy va asaruhu fi ilmil hadis”.Doru ihyai turosil arobiyya.2004.24-bet. 

Ismailov Akramxon

“Hidoya” o'rta maxsus islom
 bilim yurti o'qituvchisi