Aqidaviy ta’limotlar. Ash’ariya va Moturidiya yo'nalishlari
Islom ta’limotining taraqqiyotida 9-asrning oxiri 10-asrning birinchi yarimi aloxida ahamiyatga ega bo’lib,kalom ilmining taraqqiyotiga qo’shgan ulkan hissalari oqibatida Moturidiya va Ashariya maktablari vujudga keldi.
Imom al-Moturudiy asosan Samarqandda yashab, o’z ta’limotini yaratgan. Imom al-Ashari Iroqda o’z ta’limotini yaratdi.
Bu ikki allomaning ilmiy-ma’naviy me’rosi assosan butun islom olamiga xos bo’lgan umumiy qoidalar aksini topgan. Ammo mahalliy an’analar ta’siridanmi ularning qarashlari o’rtasida muayyan farqlar ham mavjud.
Ahli sunna val-jamoatning qo’sh qanotini tashkil etuvchi ikki ulkan maktablar o’rtasidagi farqlarni Hasan inb Abdulmuhsin Uzoba “Moturudiya va Ashariya talimotlari o’rtasidagi ajoyib bo’ston”da ikki bobga bo’lgan:
- lafziy farqlarga
- Ma’naviy tusdagi farqlarga
Birinchi bo’limda lafziy ixtiloflar keltirilgan. Bular:
- Iymonda istisno masalasi
- Baxtli-iqbolli inson faqir, muhtoj holga tushadimi va faqir kishining baxtli bo’lishi masalasi
- Kofir kishiga ehson ko’rsatiladimi yoki yo’qmi
- Payg’ambarlar vafotlaridan kegin ham payg’ambarlik rutbasida qoladilarmi yoki yo’qmi?
- Ixtiyor etishlik bilan rizolik o’rtasidagi bog’liqlik masalasi
- Iymon al-muqallid
- Kasbiy (qo’lga kirishdagi) bilish masalasi
2-bo’lim ma’naviy farqlar
1. Alloh taolo o’z itoatkor bandasini azob-uqubatga solishi joizmi yoki nojoizmi?
2. Alloh taoloni bilish shar’iy vojibmi yokiaqk yo’li bilan bo’ladimi?
3. Afollarning sifatlari haqidagi masala: ular qadiymimi yoki yangidan paydo bo’lganmi?
4. Alloh taoloning kalomi eshitiladimi yoki eshitilmaydimi?
5. Inson qodir bo’lmagan ishni uning zimmasiga yuklanishi joizmi yoki nojoizmi?
6. Gunoxi kabira va sag’iralardan anbiyolarning ma’sum bolishlari vojibmi yoki yo’qmi.
Iymon ruklari masalasidagi farq:Ahsariy Shofeiy, Moliki va Hanbaliy mazhablarining fikri:iymon til bilan iqror bo’lish dil bilan tasdiqlash va amal qilishdir. Iymon ko’payadi va ozayadi deb ushta rukn shart qilingan.
Moturudiya esa Abu Hanifa izidan borib ‘’iymin bu til iqrori qalb tasdiqi bo’lib, ko’paymaydi ham kamaymaydi ham. Iymon yaxliddir faqat uning nuri yorug’ladha yoki xiralashi turadi … amal qilmagan kishi kofir bo’lmaydi gunoxkor boladi degan fikrni oldinga suradi.
1999yil 3- dekabrdagi Ozb. Res.ning Imom Moturudiyning tavalludining 1130yilligini nishonlash to’g’risidagi qarorga muvofiq: Alfiqhul Akbar va Asg’ar asarlari,Aqidatutahoviya asari, Aqidatut Nasafiya asarilari nash qilindi .
Al-Ashariyning to’liq nomi Abul Hasan Ali ibni Ismoil (873-935) ilohiyatchi olim Basrada tug’ulib otasi Basra Mo’taziliylari boshlig’i bo’lmish Abu Ali al-Jubboiydan tahsil oladi.
912 -913 yillarda Mo’taziliylar ta’limotida ancha surulib Bag’dodga boradi va o’sha yerda vafot etadi.
100ga yaqin yaratgan risolalaridan ikkitasi saqlanib qolgan “Maqola al-Islomiyyin, Al Luma”
Moturudiyning to’liq ismlari Abu Mansur Muxammad inb Mahmud al-Hanafiy al- Moturudiy as-Samardandiydir, Abu Mansur Jonboy tumanida joylashgan Moturud qishlog’ida tug’ilib u yerda ta’lim olgan keginchalik Samarqandda tahsil olgan.
944 yilda vofot etgan va shahar chekkasidagi Chokardiza qabristoniga ko’milgan .
Moturudiya fiqh va kalom ilmi masalalari bilan qiziqib Hanafiy mazhabi olimlaridan dars oldi. Moturudiyning ko’p asarlari bizgacha yetib kelmagan yetib kelgan lari ham asosan xorijiy mamlakatlar kutubxona v qo’l yozma fondlarida saqlanadi.
Imom Moturudiyning islom olamida juda nodir hisoblangn kitobuttavhid asari bizgacha yetib kelgan va u Fatxulloh Xo’luf tomonidan 1970yil Bayrutta nash etilgan.
Abu Hanifaning qarashlariga suyangan holda fiqh , kalom, ilmiga oid “ta’vilot-ahli sunna” yoki “ta’livotu – quro’n”deb nomlanuvchi asari uning ko’p shogirtlari bo’lib , hanafiy mazhabini Movarounnahrda tarqatish va o’zidan keyingi avlodlarga yetkazish ishiga muhim hissa qo’shgan.
Al – Moturudiyni ulug’lab “imom al- huda” va “imom al mutakallimiyn”degan nomlari bilan ham ataganlar.
Xoshimov Nuriddin
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti o'qituvchisi