Яратилиш санаси 30.10.2023

Makkiy va Madaniy suralarning bir-biridan farqi (2-qism)

Ulamolar Makkiy va Madaniy suralarni chuqur o'rganib quyidagi qarorga kelganlar.

1. Qaysi surada sajda oyati kelsa, u Makkiydir.

2. Qaysi surada "Kalla" lafzi bo'lsa u Makkiydir. Bu lafz 15 ta surada 33 martaba zikr qilingan.

3. Surai Baqaradan boshqa qaysi bir surada Anbiyolar va sobiq ummatlarning qissalari zikr qilingan bo'lsa u Makkiy suralardandir.

4.Baqaradan boshqa qaysi surada Odam ( as ) va iblisni qissasi hikoya qilinsa bu ham Makkiydir.

5. Baqara va Oli Imrondan boshqa qaysi surada Xijoi harflari bilan boshlangan bo'lsa bu ham Makkiydir.

6. Tavhidga, yolg'iz Allohning o'zigagina ibodat qilishga, qayta tirilish, jazo, qiyomat, jannat va mushriklar bilan aqliy va borliqdagi alomatlar     haqida tortishish va shunga o'xshash narsalarga undovchi suralar ham Makkiy suralardir. 

7. Jamiyatni go'zal axloqga boshlanishi uchun unga asos solish, mushriklarning yoki qizlarni tiriklayin ko'mish, yetimlar molini zulm bilan yeyish, behuda qon to'kish, kabi ularni yomon jaholatga asoslangan xislatlarini o'ta razil va sharmandalik ekanligini bayon qilsa bu ham Makkiydir.

8. O'tgan ummatlarning va oldingi payg'ambarlarning qissalari zikr qilingan bo'lsa, bundan iymonga kelmayotgan mushrik kimsalarni yomon, shirk ishlaridan qaytarish va zajr qasd qilingan bo'lsa. Toki bular o'zlarining oldin o'tgan va o'z davrida kelgan haq payg'ambarlarni yolg'onga nisbat berishlik bilan ularni oqibati nima bilan tugaganligini ko'rib, ulardan ibrat olsinlar. Va yana janob Payg'ambarimizga taskin-tasalli bo'lsin, toki kofir mushriklarni ularga yetkazayotgan aziyat va ozorlariga sabr qilib, ulardan g'olib bo'lishliklariga qalblari taskin topib, orom olsinlar deb kelga suralar ham Makkiydir.

9. Lafzlari o'ta kuchlik ammo iboralari o'ta qisqa, quloqni larzaga soladigan, qalblarni titroq bosadigan, qilib keltirilsa va ko'p qasam ichishlik bilan ma'nolar ta'kidlagan bo'lsa, bular ham Makkiy oyat va suralarga xos bo'lgan deb e'tiborga olinadi.

Biz yuqorida Makkiy suralarni Madaniy suralardan ajratib turadigan o'zlariga xos bo'lgan asosiy xususiyatlari bilan tanishib o'tdik. Endi quyida Muxtasar qilgan holatda Madaniy suralarning asosiy qonun-qoidalari haqida ham biroz to'xtalib o'tamiz.

1. Qaysi bir surada biror bir amal farz qilingan bo'lsa yoki biror bir munkar ishga muayyan had belgilangan bo'lsa, bunday suralar Madaniy suralar jumlasiga kiradi.

2. Har bir suraiki unda munofiqlar va ularning kirdikorlari fosh etilib ularni zikri qayd qilingan bo'lsa bular ham Madaniy suralar qatoriga kiradi. Ammo " Ankabut " surasida munofiqlar haqida so'z yuritilgan bo'lsa ham lekin u Makkiy suralardan hisoblanadi. 

3. Qaysi bir surada ahli kitoblar bilan bo'lib o'tgan munozara va mujodalalar  bayon qilingan bo'lsa bunday suralar ham Madaniy suralar qatoriga kiradi. 

4. Agar ibodatlar, o'zaro mo'min-musulmonlar o'rtasidagi muomalalar, oila nizomi, meros, ijtimoiy bog'liqlik, o'zaro davlatlar bilan tinchlik va jang vaqtlarida aloqalar qanday bo'lish kerakligi, shariat masalalari bayon qilingan bo'lsa bular ham Madaniy suralar qatoriga kiradi. 

5. Ahli kitob bo'lgan yaxudiy va nasorolarga qarata xitob qilish va ularni ham islom diniga chorlash, ular Allohning ilihiy kitoblarini o'zgartirib, buzib yuborganliklarini, haqiqatdan yiroqda ekanliklari, ularga ochiq haqiqat kelgandan so'ng ham o'rtalarida xaddan oshishlik bilan ixtilof qilishganliklarini bayoni zikr qilingan bo'lsa bular ham Madaniy suralar qatoriga kiradi. 

6. Munofiqlarning tutgan yo'llarini zohir qilish va ularning dinga o'ta zararlik, xatarlik ekanliklari bayon qilingan bo'lsa bunday suralar ham Madaniy suralar jumlasiga kiradi.

7. Uzun-uzun oyatlari bor suralar ham Madaniydir. 

Darhaqiqat vahiy orqali nozil bo'lgan oyatlarni har birini qachon va qayerda nozil bo'lganligini aniqlash o'ta katta mas'uliyatni va og'ir mashaqqatli mehnatni talab etadi. Chunki buni aniqlashlikda o'ziga yarasha mavzu'iy qonun-qoidalarga ham rioya qilishlikga to'g'ri keladi. Ammo ba'zan sura Makkiy va Madaniy suralardan ekanligini anglashda har ikki tarafiga ham dalolat qiladigan hujjat va dalillar topiladi. Ana o'shanda bu haqda baxs yuritayotgan olim ulardan birining ikkinchisiga qaraganda kuchlik, rojix deb sanashligiga to'g'ri kelib qoladi. Shuning uchun suradagi ba'zi oyatlar Makkada nozil bo'lgan oyatlarga o'xshash oyat va yoki aksincha Madinai Munavvarada nozil bo'lgan oyatlarga o'xshash oyat deb hukm qilishlikga ham to'g’ri keladi. Masalan: Agar bitta yoki bir nechta oyat ma'lum bir joyda nozil bo'lib so'ngra o'sh oyat nozil bo'lgandan boshlaboq sahobai kiromlardan birlari uni va undagi ma'lumot va hukmlarni boshqa joydagi sahobalarga yetkazish maqsadida o'zi bilan olib ketgan bo'lsa, ulamolar bunday oyatlarga ham o'ziga yarasha nom qo'yganlar, ya'ni Makkadan Madinaga haml qilib ya'ni (ko'tarib) olib ketilgan yoki Madinadan Makkaga olib ketilgan oyatlar jumlasiga qo'shishadi. 

Qayumov Safvatulloh 

"Hidoya" o'rta maxsus islom 
bilim yurti o'qituvchisi