Яратилиш санаси 27.11.2023
Hazrat Muso alayhissalomning Alloh taologa ko’rsatgan odoblari
Tarix sahifalarida bayon qilinishicha, Muso alayhissalom ketma-ket yetti yil kecha-yu kunduz safar qildilar. Shu asnoda Madyan shahriga charchoqdan tinkalari qurigan, och holda kelib qoldilar. Mana shu paytda U zot Alloh taologa quyidagicha duo qildilar:
“Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman”, dedi. (Qasos suras, 24-oyat).
Shu paytda Muso alayhissalom “Allohim meni taomlantir” kabi lafzlar bilan ham duo qilsalar bo’lar edi. Lekin U zot Alloh taologa bo’lgan odobga go’zal namuna ko’rsatib o’tdilar.
Muhammadibrohim Isoqjonov
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti mudarrisi