HASADGOʻYLAR
Yangi qit’a kashfiyotchisi Xristafor Kolumbga xasad qiladiganlar ko’p edi. Xasad bor joyda albatta g’iybat bo’ladi. Dengizchi bir gal qovoqxonaga kirsa, bir to’da alamzadalar yana Kolumbning tomorqasiga tosh otishayotgan ekan:
– Dengizdan suzib o ‘tib,quruqlikka borish nima degan gap? Buni biz ham qila olamiz!
Xristafor ular o’tirgan stol yaqiniga boradi va qovoxona egasidan bir dona pishmagan
tuxum so’rab oladi.
– Janoblar, sizlar uddaburon va donosizlar. Bunga shubha yo’q. Qani, mana shu
tuxumni tik turg’azib beringlarchi!
G’iybatchilar guruhi har qancha urinmasin, bu ishni uddalay olmaydi.
– Bo’ldi, ‘zing qil-chi!- deyishadi nihoyat.
Kolumb tuxumni oladida, sekinlik bilan «tirs» etkazib stolga uradi. Tuxumning uch qismi
biroz pachoq bo’ladi va u tik turib qoladi.
Favqulodda holatni kutayotgan g’iybatchilar birdaniga guvrab yuboradi:
– Ee, shuyam ishmi? Buni biz ham qilaolamiz!
– To’g’ri, deb javob beradi mashhur dengizchi.
– Faqat Kolumbdan keyin…
Xulosa qilishimiz kerakki: Hayotda shunday odamlar ko’p qo’lidan kelmasada birovni qilgan ishini muhokama qilib, oddiy ish ekanligi va uni bemalol qila olishlari haqida dong urush bilan band. Har bir ishning o’z mashaqqati bor, òylamay fikr bildirishga shoshilmang!
Otaxonov Adhamjon
bilim yurti mudarrisi