Яратилиш санаси 30.11.2023

Namozning lugʻaviy va istelohiy maʼnolari

Namoz arabchada “Salot” deyilib, lug’atda “yaxshilikka duo” ma’nosini anglatadi. Shariatda esa takbir ila boshlanib, salom berish ila tugaydigan, maxsus shartlari bor gaplar va ishlar namozdir. Namoz Isro kechasida Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning hijratlaridan oldinroq farz bo’lgan. 

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  “Payg’ambar (s.a.v.)ga Isro kechasida ellik vaqt namoz farz qilindi. So’ngra qisqartirilib, besh vaqtga keltirildi. Keyin esa:  “Ey Myhammad” albatta, mening huzurimda gap o’zgarilmas. Albatta, senga ushbu beshtada elliktaning (ajri) bor”, den nido qilindi”. 
Besh vaqt namoz farzligi Qur’onda ham, Sunnatda ham, ijmo’da ham qayta-qayta ta’kidlangan. 

Alloh taolo “Niso” surasida: 
إِنَّ الصَّلاَةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَاباً مَّوْقُوتاً {١٠٣}
Albatta, namoz mo’minlarga vaqtida farz qilingandir” degan (103-oyat). 

Islom ummatining barchasi besh vaqt namoz farz ekaniga doimiy ravishda ijmo’ qilib kelgan. Namoz balog;atga yetgan har bir musulmon uchun farzi ayndir. Har kim o’zi uchun namoz o’qimog’I farzdir. Kim namozni inkor qilsa, Islomdan chiqib, kofir boʻladi. Namoz Islomning ikkinchi rukni, ibodatlarning onasi, toatlarning asosi, gunohlarni yuvuvchi, yomonliklarni qaytaruvchidir. 

Namoz kalimai shahodatdan keyingi eng ulug’ farzdir. U, banda Allohning son-sanoqsiz ne’matlariga shukr keltirishi uchun shariatga kiritilgan bo’lib, uning diniy, tarbiyaviy, shaxsiy,  sihhiy, ijtimoiy va boshqa qator foydalari juda ko’pdir. 

Namoz bandaning Alloh ila bog’lanish vositasidir. 
Unda banda Alloh bilan yolg’iz qolib, U zotga muhtoj qiladi, barcha darslarini to’kib solib, ruhiy, ma’naviy lazzat oladi. 

Bu dunyoda hayot kechirayotgan odamning o’ziga yarasha dardi, xasratlari bo’ladi. Ularni boshqa odamlarga aytsa, yordam olib bo;lmasligi mumkin, qolaversa, ular sirini boshqalarga bosh qilib, dard ustiga chipqon bo’lishadi. 

Alloh taolo dardu xasratni aytganda esa, Alloh yordam beradi va sirni fosh qilmaydi. Hech bo;lmasa, banda dardini to’kis  solib huzur qiladi. 

Namoz namozxonni Alloh taologa yaqin qiladi, uning irodasini mustahkamlaydi. Faqat Allohdangina izzat talab qilishga o’rgatadi. 

Payg’ambar (s.a.v.) “Namoz islomning ustunidir” deganlar. Dinimizda besh mahal namozni ado etish buyurilgan. Muhammad (s.a.v.) me’rojda chiqqanlarida ushbu buyruqni olganlar. Shuning uchun, Rasuli akram  (s.a.v.) “Namoz musulmonning me’rojidir”, deb ham aytganlar. Haqiqatdan ham, ibodat qilayotgan har bir musulmon Alloh bilan xayolan yuzma-yuz bo’ladi. Ibodatning mazmuni esa, Allohni ulug’lash, shukrona keltirish, xokisorlikni ifoda etish va istig’for aytishdan iboratdir. 

Namoz  poklik  ramzidir. 
Namozxon  odamning eng avvalo qalbi pok bo’ladi. Qolaversa, badani, kiyim boshi va makoni pok bo’ladi. 
Payg’ambar (s.a.v.) bir hadisi muboraklarida shunday marhamat qiladilar: “Albatta islom dini poklik dinidir, pok bo’lishga harakat qilinglar, pok bo’lmagan kishi jannatga kirmaydilar”. 

Ismailov Akramxon

Bilim yurti mudarrisi