Яратилиш санаси 30.11.2023

QUR’ONI KARIM TILOVATI ODOBLARI

Qur’oni karimni uquvchi qori tahoratli bulishi, odob va sunnat bilan chordona qurmay, yonboshlamay, mutakabbirlarga uxshab utirmasligi lozim buladi.

Qur’oni karimni tilovat etgandagi eng afzal holat – uni masjidda namozda qoim turib uqishdir.

Uqish miqdori tug‘risida salafi solihlarning odatlari turlicha bulgan. Ularning ba’zilari bir kecha va bir kunduzda Qur’onni xatm etishgan bulsa, ayrimlari shu vaqt ichida uni bir necha bor xatm tushirishgan. Ulardan yana bir qismi Qur’oni karimni uch kunda xatm etishgan bulsa, bir toifalari uni bir haftada uqib tugatishgan. Ulardan ba’zi birlari esa Qur’onni har oyda bir xatm qilishgan. Shu bilan birga ular Qur’onni diqqat-e’tibor va tadbir bilan yo ilm tarqatish va urganish yoki Qur’ondan boshqa nafl ibodatlarni ham ado etish yoxud dunyoviy kasb-hunarlarni ham bajarish bilan birga xatm etishgan.

Bu urinda anglanadiki, Qur’on uqish insonni muhim mashg‘ulotlaridan man etmasligi, jism sog‘ligiga aziyat bermasligi kerak. Qur’onni tartil bilan, ya’ni tajvid qoidalariga muvofiq uqishi va iloji boricha ma’nolarini fahmlashi zarur buladi.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytdilar: «Baqara va Oli-Imron suralarini tajvid bilan va ma’nolariga ahamiyat berib uqishim menga Qur’onni boshdan-oxirigacha shoshilib, tez uqishdan mahbubroq». Kimki bush vaqt topsa, ziyodaroq savob olish maqsadi bilan kuproq Qur’oni karimning tilovatini g‘animat bilsin! Hazrat Usmon roziyallohu anhu Qur’oni karimni bir rakatda xatm etardilar. Imom Shofe’iy hazratlari ramazon oyida oltmish bor xatm etardilar.

Har bir kishi imkoniga qarab, ishora qilib utganimizdek, Qur’oni karimni uqib xatm etishda davom etishi zarur. Ba’zilar Qur’oni karimni kunduz kuni xatm etmoqchi bulsa, uni bomdod namozining ikki rakatida yoki undan keyingi vaqtda, agar tunda tugatmoqchi bulsa, shom namozining ikki rakatida yoki undan keyingi vaqtda uqishni, tun boshlanishini va kunduzining avvalini xatm bilan qarshi olishni yaxshi deb bilganlar.

Qur’oni karimni chiroyli uqish maqsadga muvofiqdir. Agar qorining ovozi chiroyli bulmasa, uni iloji boricha chiroyli etishga harakat etish lozim. Ammo uni ohangga solib uqishni salafi solih ulamolari karih – yomon kurishgan.

Qur’oni karimni ovoz chiqarmay uqish ham mustahabdir. Hadisi sharifda bunday rivoyat etilgan: «Maxfiy – ovoz chiqarmay uqilgan Qur’onning ovoz chiqarib uqilganga nisbatan fazli oshkora etmay – maxfiy berilgan sadaqa-ehson fazliga uxshaydi». Bu hadisni Imom Abu Dovud va Termiziy sal boshqacha lafz bilan rivoyat etishgan. Ammo qori uzining ovozini eshitib uqishi lozim buladi.

Tug‘ri, ayrim vaqtlarda bir maqsad uchun – chiroyli hifz etish yo uquvchi uzidan yalqovlik va uyquni daf etish yoki kup esnashlikni qaytarish uchun jahr – ovoz chiqarib tilovat etsa, zarar etmaydi.  

Kimning xos Mus’hafi bulsa, uni tashlab quymay, har kuni uni bir oz bulsa-da, uqib quyishi lozim.

Qur’oni karimni tilovat etuvchi qori fahmlashga qarshilik etadigan mone’liklardan xoli bulishi lozim. Shunday mone’liklardan tilovat etuvchi qori gunoh-ma’siyatda davom etishi yoki kibr sifatiga ega bulishi yoxud xohishi nafsiga itoatkor bulishga mubtalo bulishidir. Bas, bularning barchasi qalbning qorayishi va zanglashiga sabab buladi. Bu go`yo oyna zangiga uxshaydi, haqiqiy kurinishni man etadi va to`sadi. Qalb ham bamisoli oyna, nafs shahvatlari esa go`yo zang va Qur’oni karim ma’nosi oynada aks etadigan suratlardir. Shahvat-istaklarni qalbdan chiqarish yulidagi riyozat esa go`yo oynani tozalab, yaltiratish kabidir.

Qur’oni karimni uquvchi shuni yaxshi bilishi lozimki, undagi barcha va’da va va’id, xitoblar uziga qaratilgan. Qur’ondagi qissalar esa kechalari aytiladigan hikoya yoki xabarlar emas, balki ular ibratdir. Bas, bunga diqqat-e’tibor berish lozim. Qori har qachon Qur’onni tilovat etganida xuddi bir qulning xojasi tomonidan unga yozilgan maktubni katta diqqat bilan uqib, uning mazmunidan ogoh bulib, shunga muvofiq ish tutganidek holda bulishi lozim. Qori ham shunga uxshash amal qilmog‘i kerak. Darhaqiqat, osiy bir odamning Qur’oni karimni takror-takror uqishi shunday: u xuddi podshoh xatini qayta-qayta uqib, unga xilof ish tutsa, mamlakat obodligidan yuz ugirsa va xatda yozilgan amr-farmoyishlarga zid ish tutsa, demak, u xat mazmunini tushunishda beparvo bulib, uning amrlarini ado etmagan buladi. Agar u xat mazmunini bilmasa va unga xilof ish tutsa, u eng nochor va noqulay ahvolga tushadi.

Qur’oni karimni uquvchi uzining kuch-quvvati va imkoniyatiga ortiqcha baho bermasligi, uziga bino quyib, manmanlik etmasligi, begunohman, deb uzini yuqoriga kutarmasligi zarur. Bas, agar kimki uzini zaif, ojiz suratda kursa, Allohga qurbat hosil etishda shu holat sabab buladi.

Alloh taolo barchalarimizni O`zining kalomini tadabbur bilan o`qiydigan va unga amal qiladiganlardan qilsin.

Muhitdinov Alisher

Bilim yurti mudarrisi