Яратилиш санаси 03.12.2023

MEHR- MURUVVAT- DUNYO USTUNI

1992-yil 14-oktyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 47/3-sonli qaroriga asosan 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida e'lon qilindi va tashkilotga a'zo davlatlarni har yili maxsus kun sharafiga bag'ishlangan tadbirlarni o'tkazishga chaqirdi.

Ushbu kunni nishonlash to’g’risidagi qaror Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1983-1992 yillarni qamrab olgan nogironlar o'n yilligining oxirida qabul qilindi. Mazkur o'n yil ichida nogironlar holatini yaxshilash va ular uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash maqsadida, xabardorlikni oshirish va chora-tadbirlar ko'rish kabi katta ishlar amalga oshirildi.

Dunyoda taxminan 1 milliardga yaqin nogironlar istiqomat qiladi va ularning barchasi jamiyat hayotidagi keng ko'lamli, samarali va teng huquqli ishtirokini cheklaydigan, jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy to'siqlarga duch keladi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, ular ta'lim, mehnat, sog'liqni saqlash hamda ijtimoiy va huquqiy ko'mak kabi asosiy manbalardan teng ravishda foydalana olmaydi.Shu sababdan 3 dekabr kuni Xalqaro nogironlar kunining o'tkazilishi nogironlarning muammolariga, xususan, ularning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokidan yuzaga keladigan afzallikka jamoatchilik e'tiborini jalb qilish, nogironlar qadri, huquqlari va farovonligini himoya qilishga qaratilgan.

Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni munosabati bilan YUNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade o‘z maqolasida nogironligi bo‘lganlarga nisbatan xayriya ko‘rinishidagi yondashuvlardan voz kechib, inson huquqlarini asosiy o‘ringa qo‘yadigan huquqiy yondashuvga o‘tishga chaqirdi.

Manbalar asosida bilim yurti mudarrisi

Otaxonov Adhamjon tayyorladi