Hazrati Yunus alayhissalomning Alloh taologa ko’rsatgan odoblari
Hazrati Yunus alayhissalomning boshlariga Alloh taoloning sinovi kelib, baliqning qorniga tushib qolganlarida ojizlik ichra shunday duo qildilar:
فَنَادَى فِي الظُّلُمَاتِ أَنْ لا إِلَهَ إِلا أَنْتَ سُبْحَانَكَ إِنِّي كُنْتُ مِنَ الظَّالِمِينَ
So'ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong'u zulmatlar ichra: “Sendan o'zga iloh yo'qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o'zimga) zulm qiluvchilardan bo'ldim”, - deb nido qilgan (paytini eslang)! (Anbiyo surasi, 87-oyat).
Qur’oni karim oyati guvohlik beradiki, agar hazrati Yunus alayhissalom yuqoridagidek duo qilmaganlarida edi, to qiyomatgacha baliqning qornida qolib ketgan bo’lar edilar. Bu borada Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
فَلَوْلا أَنَّهُ كَانَ مِنَ الْمُسَبِّحِينَ (١٤٣) لَلَبِثَ فِي بَطْنِهِ إِلَى يَوْمِ يُبْعَثُونَ (١٤٤)
Bas, agar u (Allohga doimo) tasbeh aytuvchilardan bo'lmaganda, albatta, u (baliq) qornida, to qayta tiriladigan kunlarigacha (qiyomatgacha), qolib ketgan bo'lur edi. (Soffat surasi, 143-144-oyatlar).
Bundan yana shu ham ma’lum bo’ladiki, butun koinotning robbi bo’lmish Alloh taologa ojizlik va odob bilan qilingan duo uning huzurida qabul bo’lmay qolmadi. Zamonamizda ham Allohning ahllari sanalmish zotlarning ustilariga musibat keladigan bo’lsa, man shu oyatni o’qishni o’zlariga odat qilib oladilar. Ranj-u alamlar ichida g’amga botgan kishiga mana shu oyat juda ham asqotadi.
Mahmudov Kalimulloh
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti mudarrisi