Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Alloh taologa ko’rsatgan odoblari
Nabiy Akram sallollohu alayhi va sallam me’rojda Alloh taoloning huzuriga chiqdilar. U yerda U zot shu qadar odob va viqor bilan o’zlarini tutdilarki, Alloh taoloning o’zi bu haqida guvohlik berib shunday dedi:
مَا زَاغَ الْبَصَرُ وَمَا طَغَى
(Payg'ambarning) ko'zi (chetga) og'gani ham yo'q, o'z haddidan oshgani ham yo'q. (Najm surasi, 17-oyat).
Alloma Shabbir Ahmad Usmoniy rohmatullohi alayh bu oyatning tafsirida shunday yozadilar:
“Ko’zlar nimaga qarasalar, unga to’liqligicha, mukammal nazar tashlaydilar. U zotning ko’zlari odob yuzasidan o’nga yoki chap taraflarga og’madi, haddidan ham oshmadi, balki nimani ko’rishlari kerak bo’lsa, o’shangagina nazar tashladilar. Oddiygina, podshohlarning-da saroylarida qarash kerak bo’lgan narsaga nazar tashlamaslik, ko’rish mumkin bo’lmagan narsalarga ko’z yugurturish ikkovi ham beodoblik, ayb sanaladi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam esa bunday ikki aybdan ham pokdirlar”.
Hazrati Mahmud g’aznaviy valiyi komil va podshohlik vaqtlari edi. U kishining nihoyatda yaxshi ko’radigan vazirlar Oyaz bir kuni saroyda hozir bo’ldi. Shu paytda uning hayolidan yoqasining tugmasi shoshilgan ochiq qoldimikin degan gumon o’tdi. Chunki bu narsa podshoh saroyida odobsizlik sanalar edi. Shuning uchun mana shu vahm fikridan o’tishi bilanoq Oyaz tugmasini to’g’irlashga kirishdi. Shu onda sulton Mahmud g’aznaviyning ko’zi vaziri Oyazda edi. Uning nima qilayotgani haqida so’radi. Oyaz bu paytda odob saqlagan holda sulton oldida jim turar edi. Bu bir maxluq sanalmish podshohning saroyidagi holat xolos. Hukm qiluvchilarning eng afzali bo’lgan Alloh taoloning huzurida Nabiy sallollohu alayhi va sallam mana shu odobni ko’rsatdilar. Butun koinotning robbi bo’lmish Alloh taolo bu haqida shunday marhamat qildi:
مَا زَاغَ الْبَصَرُ وَمَا طَغَى
(Payg'ambarning) ko'zi (chetga) og'gani ham yo'q, o'z haddidan oshgani ham yo'q. (Najm surasi, 17-oyat).
Mahbubu bilan yuzlashgan ko’zlarning holidan qolgan a’zolarning ham harakati qanday bo’lganini bilib olasak bo’ladi. Qalbning tavajjuhi ham ayni o’sha tarafgagina qaratilgan holda turadi. Na vasvasaga tushadi, na chalg’iydi. Subhanalloh.
So’fiylar imomi Qushayriy rohmatullohi alayhi bu oyatni odobga yorqin misol deb hisoblab, kitoblarining “odob bobi”ning boshlanishida mana shu oyatni keltirganlar.
Muhammadibrohim Isoqjonov
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti mudarrisi