Hanafiylik mazhabining tarqalishi
Hanafiy mazhabi, ozidagi xususiyatlar omil o’laroq, tez va soz o’sdi, tezlikda turli o’lkalarda keng tarqaldi. Uning o’sishi va tarqalishining bosh omillari uchtadir.
1-Abu Hanifa rahmatullohi alayhining shogirdlari ko’pligi va ularning o’z ustozlari ijtihodi samaralarini tarqatishga katta ahamiyat berishlaridir. Ular hanafiy fiqhining asoslarini bayon qildilar va ustozlariga oz narsada xilof qilib ko’p narsada muvofiq bo’ldilar.
2-Abu Hanifa Rohmatullohi alayhining shogirdlarining shogirdlari ham hukmlarning dalil va sabablarini hammaga bayon qilib berdilar.
3-Hanafiy mazhabi besh yuz yildan ortiq davrda abbosiylar davlatining rasmiy mazhabi bo’lib turgani halifa Xorun ar-Rashid imom Abu Yusufni qozi etib tayinlagan. O’z navbatida Abu Yusuf Rohmatullohi alayhi boshqa qozilarni tayinlar edilar.
Hanafiy mazhabi ahli sunna val jamoaning to’rt mazhablaridan biri va eng avval vujudga kelgani hisoblanadi. Hanafiylik mazhabi boshqa mazhablardan shar’iy hukmlarni olishda Qur’on va sunnatdan tashqari ijmo, qiyos, ray, urf kabi bir qator omillarga tayanishligi bilan ajralib turadi. Shu sababdan bu fiqhiy mazhabni tutgan ko’pchilik musulmonlar arab bo’lmagan xalqlardir.Ushbu mazhab tarafdorlari “Ahli sunna val jamoa”ning ichida eng ko’p tarqalgandir.Dunyo musulmonlarining 47 hanafiylik mazhabini tutganlar. Jumladan bizning diyorimiz musulmonlarining qariyib hammasi shu mazhabdadirlar.
Abdullayev Azimxon
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti mudarrisi