Яратилиш санаси 25.01.2024

Hadis ilmining sultoni

Yurtimiz dunyo afkoriga ko‘plab ulamolarni yetishtirib bergan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Jumladan tibbiyot sohasida Abu Ali ibnSino, dunyoga ikkinchi muallim bo‘lgan Abu Nasr Farobiy, hadis ilmida Imom Buxoriy va bir qator ulamolarimizni sanab o‘tishimiz mumkin.

Shulardan Imom Buxoriyni hayoti va ijodini o‘rganadigan bo‘lsak,  u yoshligida Qur’oni Karimni yod olib, islom diniga oid dastlabki bilimlarni olgan.U bolaligidayoq minglab hadislarni yod olgan. O‘sha davrda ilm o‘chog‘i bo‘lgan Buxorodagi muhit unga yordam bergan, shuning uchun ulamolar va ulamolar davralarida ko‘p marotaba qatnashar edi. 16 yoshida u onasi va ukasi Ahmad bilan Makkaga hajga boradi, ilmga bo‘lgan qiziqishi yuqori bo‘lgani uchun ko‘proq ilm olish maqsadida ularni ortda qoldirib, u yerda olti yil qolib, hadis to‘play boshlaydi. 

Shundan so‘ng u shu maqsadda Bag‘doddan tortib, Kufa, Shom, Misr, Xuroson va boshqa ko‘plab mamlakatlarga borib, tinmay hadislarni yod olib, ko‘proq narsani so‘rash, yozish uchun tinmay mehnat qildi. 

Uning hadisga yondashuvi juda ehtiyotkorona bo‘lib, roviylar silsilalarini sinchiklab tekshirgan. Imom Buxoriy hadislarga oid “Sahih al-Buxoriy” asaridan tashqari, yigirmadan ortiq kitoblar, jumladan, “Al-Adab al-Mufrad” va “At-Tarix al-Kabir” nomli tarjimai hollar kitobini  ham yozgan. Hadis roviylarining ismlarini lug'atda alifbo tartibida tartiblagan va Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning, u zotning sahobalarining va boshqalarning qisqacha tarixi bo'lgan “at-Tarix as-sag'ir”,deb nomlangan asarlarni yozgan

Aqilxonov Saidolimxon

“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti o'qituvchisi