Яратилиш санаси 12.02.2024

Islomda Vatan tushunchasi

Vatan - bu har bir kishining qalbida joy olgan, qadri baland va muqaddas maskan. Vatan - bu quyosh tafti bilan oshufta zamin, ko'k ostidagi yashash joyi, avlodlarimizning tarixi va madaniyati. Vatan - bu bizning onamiz, otamiz, do'stlarimiz va qarindoshlarimiz. Vatan - bu bizning hayotimiz va kelajagimiz.

Vatanini qadrlashni bilgan kishining ertasi yorug'. U vatan uchun har qanday kurbanlikka tayyor bo'ladi. U vatan uchun ishlaydi, o'qiydi, o'rganyapti. U vatan uchun ilm-fan va san'atni rivojlantiradi. U vatan uchun tinchlik va barqarorlikni saqlaydi. U vatan uchun shijoatli va fidoyi bo'ladi.

Payg’ambarlardan keyin eng ulug’ insonlar sahobalardir. Ularning hayotida ham vatanga bo’lgan muhabbatning yorqin misollarini ko’rishimiz mumkin.

Ibn Hamdun uzining “At-tazkiratul xamduniya” asarida keltiradi: Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadi: “Agar odamlar Vatanlariga qanoat qilgandek,rizqlariga qanoat qilganlarida biror banda rizqdan shikoyat qilmasdi”. Umar roziyalloxu anhu: “Insonlar vatanlarini sevmaganlarida shaharlar harob bo’lar edi”; “Vatanlarni sevish bilan shaharlar obod bo’lur”, deganlar.

Vatan ostonadan boshlanadi. Vatan muhabbati bir so’z bilan ifoda etish qiyin b’lgan, keng qamrovli tushunchadir. Vatanga bo’lgan muhabbatni o’ziga yarasha ko’rinishlari bor. U quyidagi xolatlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Hadislarda kelganidek, inson, avvalo, yaxshilikni o’zidan boshlamog’i  darkor. Undan keyin oila, yaqin qarindoshlar,uzoq qarindoshlar, devori tutash qo’shnilar, so’ng uzoq qo’shnilar, mahalla, yoru-birodarlar, begonalarga, qo’yinki, musulmon va nomusulmon har bir kishiga yaxshilik qilaveradi. Ya’ni mo’minning yaxshilik qilish doirasini keng, boshqa din vakillariga ham ruxsat etilgan doirada yordam ko’rsataveradi. Bu dinimizdagi bag’rikenglikni yorqin ifodasidir. Xatto mo’minning yaxshiligidan hayvonot, nabotot va jamodot olami ham benasib emas. Mana shu narsalar vatanga bo’lgan muhabbatning ko’rinishlari hisoblanadi. Bilol roziyallohu a’nhuning isitmalagan xolida ham dard bilan ovora bo’lish o’rniha bir kun yoki yarim kun o’z yurtida bo’lishni orzu qilishlari vatanga bo’lgan muhabbatning belgisidir.

Bu xolatga Paygambarimiz sollallohu a’layhi va sallamning indamaganlari yoki uni inkor etmaganlari, balki u zotning Madina haqqiga duo qilishlari bu muhabbatning shar’iy ekanligini ko’rsatadi.
Buyuk bobokalonlarimzdan bo’lmish Alisher Navoiy Vatan haqida shunday deydilar:

Vatan tarkin bir nafas aylama,
Yana ranji gurbat xavas aylama.

Shu oʻrinda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Margʻinoniy, Qaffol Shoshiy, Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek, Ahmad Fargʻoniy, kabi buyuk allomalarimiz Vatanga boʻlgan kuchli muhabbatlari tufayli koʻplab asarlarini yurt nomi bilan bogʻlaganlari tarixdan maʼlum. 

Buyuk ajdodlarimiz Najmiddin Kubro vatan himoyachisi qanday boʻlishiga yorqin misol boʻla oladi. Minglab muridlarga ega boʻlgan bu tariqat peshvosi moʻgʻullar bostirib kelganligidan xabar topgach, birinchilardan boʻlib Vatan himoyasiga otlanadi. Moʻgʻul hukmdorlari Najmiddin Kubroning xalq orasidagi obroʻ-eʼtiborini koʻrib, unga shaharni tashlab, oʻzi ixtiyor qilgan tarafga ketishini taklif qiladi. Biroq Vatanini oʻz jonidan ustun bilgan Najmiddin Kubro bosqinchilarga qarshi jangga kirishadi, lashkarlarni olgʻa chorlab borayotganida shahid boʻladi.

Shu sababli, Vatanni sevish uni himoya qilish naqadar savobli ish ekanligi, Vatanga xiyonat qilish esa kechirilmaydigan katta gunohligini koʻrishimiz mumkin.

Abdumutalov Muhammadnozim

“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti talabasi