Kutubxonada tug'ilgan olim...
Buyuk mujtahid imom, koʻzga koʻringan hadis ilmi ustasi, huquqshunos, tarixshunos olim, sufiy, faylasuf hamda X asrda Islomning eng yirik mujtahid imomlaridan va islohotchilaridan biri, deyarli barcha islom ilmiga oid asarlar muallifi alloma, hofizlarning eng oxirgisi Jaloliddin Suyutiy hijriy 849 yilning Rajab oyi dushanba kuni shomdan keyin (m.1445 yil) Asyut, Qohirada tavallud topadi. Jaloliddin Suyutiyning asl ismi Abdurrohman ibn Kamaluddin Abi Manoqib Abu Bakr ibn Nosiruddin Muhammad ibn Muhammad ibn Sobiqiddin Abu Bakr ibn Faxruddin Usmon ibn Nosiriddin Muhammad ibn Sayfiddin Xodir Ibn Najmiddin Abi as-Solah Ayyub bin Nosiriddin Muhammad bin Shayx Hammomiddin al-Xudayriy al-Asuyutiy,boʻlib, Jaloliddin hamda ibn al- Kutub otasi tomonidan berilgan laqablar, Abulfazl esa yaʼni, fazilatlar otasi yoki, “fazilatlar mujassam boʻlgan inson”
Jaloliddinning otasi ahli ilmlardan boʻlgan edi va oʻz ayoliga kitoblar orasidan maʼlum birini olib kelishni buyurgan bir tunda boʻlajak ona ogʻriq seza boshlaydi va kitoblar orasida Abdurrohman dunyoga keladi. Shu boisdan oʻgʻillariga “Kitoblar oʻgʻli” deya laqab berishadi. Buyuk imom ahli ilmlar oilasida dunyoga kelgan Suyutiyning katta bobosi Hammomiddin hidoyatda peshqadam imom va taqvoli shayx sifatida insonlar orasida tanilgan boʻlsa, otasi esa faqih olim boʻlgan. Jaloliddin Suyutiyning oʻzi rivoyat qilib bobosi haqida shunday deydi: Otamning amakisining oʻgʻli Nuriddin Aliy ibn Jamoliddin Abdulloh ibn Sabiquddin Abu Bakr katta bobomiz sufiy shayx boʻlganini aytar edi. U boshida boshqa tariqatga ergashar edi, va bir kuni Haj ibodatini ado etayotib, “Labbayka va Saʼdayka, Labbayka Allohumma Labbayk”ni aytganda bir ovozni eshitdi: La labbayk, va la saʼdayk! Soʻng shahriga qaytib ibodat va zuhdga qattiq bel bogʻlab tavba qildi, va bir muddatdan keyin haj ziyoratiga yana bordi, ixlos bilan ehrom bogʻlab turgan vaqti “Labbayka Allohumma Labbayk”, dedi va javoban unga “Labbayka va saʼdayka”, degan ovozni eshitdi. Jaloliddin Suyutiy besh yosh yetti oylik vaqtida 855 hijriy sana Safar oyi xufton namoziga azon aytilayotgan vaqtda otasi kasallik tufayli vafot etadi.
Imom Jaloliddin Suyutiy 200000 hadisni roviylar zanjiri bilan yod olgan boʻlib, agar yer yuzida bulardan boshqa yana hadis borligini bilganida ularni ham yod olishini aytgan.
Alloma Jaloliddin Suyutiy “ash-Shifo”dagi xabar va hadislarning taxrijiga bagʻishlangan “Manohil as-safo fi taxriji ahodis ash-Shifo” nomli ta’lifotni amalga oshirgan.
Yozgan kitoblaridan:
TAFSIR ILMIDA:
“Jalolyn tafsiri”.
“Tarjimonil Qur’oni fit tafsir”.
"Mutashobihil Qur'on"
“Ad Durrul Mansur”
“Mafhumatul Akron fi mubhamotil – Qur’on”
HADISI ILMIDA:
"Al Jomiul Kabir"
"Al Jomiul Saghir"
“Mirkotus suud ila sunani Abu Dovud”
“Ad Dibaju ala Sohihi Muslim ibnil Xajjoj”
“Al Muntako fi shu'bil iymon lilbayxaqiy”
FIQH ilmida:
"Al-Jome fil faroiz"
“Al-Xoviy fil fatvo”
"Miftaxul Janna"
“Masolikul Hanafiy”
"Hind tilida sorimu"
LUG'AT ILMIDA:
"Al mazhar fil lugat"
“Tariful azham bixurufil muzham”
“Hurufil hijou”
“Tahqiqut tazmain”
“Al axbarul marviyya”
TARIX ILMIDA:
“Tarixul Xulafo”
"Jome Amr ibn Os"
"To'baqotul xaffoz"
“Tarixu Asyut”
“Xusnul mahozira fi Axbori mirs va kohira”
Abdurrohman Suyutiy vafot etganida 61 yoshda boʻlgan. Abdurrohman ibn Abu Bakrdan kelgan maʼlumotga koʻra u oʻlimi yaqinlashayotgan vaqtda Yasin surasini tilovat qilib turgan
Jaloliddin Suyutiyni Babul Qurofa tashqarisidagi Havush Qusun nomli yerga dafn qilindi. Buyuk imomni janozasida uning tobuti yaqiniga borishning iloji, haloyiq shu darajada koʻp toʻplanganligidan, yoʻq edi. Ravzatul Miqyas yonidagi koʻcha imom Abulfazl nomiga Jaloliddin Suyutiy deb nomlandi.
Muhammadjonov Oyatulloh
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti talabasi