Anvar Shoh Kashmiriyning hadis borasidagi kitoblari
Allomaning hadis borasidagi kitoblari[1]:
- “Fayzul boriy ala sahihi Buxoriy”. Ushbu kitob Kashmiriyning hadis darslarida yozdirganidan tuzilgan. Shunga qaramay bu “Sahihi Buxoriy”ga yozilgan katta – katta to‘rt jildli sharh kitobdir. Shu paytgacha “Sahihi Buxoriy”ning bunchalik keng, yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan sharh yozilmagan. “Fayzul boriy”ning ulug‘ligini allomaning “Sahih Buxoriy”dan dars berish va yozdirishdagi bundan oldingilardanda o‘ta ehtiyotkorligi, chuqurroq kirishishidan ham sezish mumkin. Bu kitobni allomaning shogirdi Shayx Muhammad Badr rohimahulloh jamlab kitob shakliga keltirib, unga izoh yozgan va 1357-hijriy yili Hindistonda chop etilgan. Bu kitobni yozishdan oldin “Sahih Buxoriy”ni 13 marta boshdan-oyoq o‘qib chiqqan. Bu kitobni yozishda Hijoz va Hind yurtlarida bosib chiqarilgan 30 dan oshiq unga yozilgan sharh kitoblarni mutolaa qilib chiqqan. Xususan, “Fathul boriy”,” Umdatul koriy” “Irshodus soriy” va boshqalardan keng foydalangan .
Ushbu kitobning o‘ziga xos tomonlari
−Mavzular to‘la yoritilgan ;
−To‘rt mazhab dalillari, ulamolarning qavimlarini to‘la qamragan va nozik usullar bilan tarjeh kilingan ;
− “Sahih Buxoriy”ning boshqa shorihi zikr etmagan malumotlarni keltirgan va ayrim o‘rinlarda shorihlarning so‘zlarini qisqa qilib keltirish bilan kifoyalangan ;
−Kitobda ilmiy muammolarni yechimi va balog‘at, arab tili, usulul fiqh kabi fanlardan daqiq baxslar keltirilgan;
−Boshqa shorihlarning adashganlariga ogohlantirish va ilmi tanqit o‘laroq ularning ehtiromini joyga qo‘ygan holda o‘z qarashlarini bildirgan.
- “Al-A’rf ash-Shaziy min Jome’i Termiziy”[2]. Bu kitobni ham aslida “Jome’i Termiziy” darsida yozdirgan. Uni allomaning shogirdlari Shayx Muhammad Jarrog‘ o‘zi uchun yozib olgan. So‘ngra Kashmiriyning ilmlariga chanqoq toliblar uchun chop ettirilgan. Kitob 488 betdan iborat. Ushbu kitobda turli xil masalalar borasida Hanafiylarning dalillari bayon etilgan. Shu bilan birga boshqa mazhablarning dalillari haqida ham xolisona va insof bilan so‘z yuritilgan. Unda o‘ziga xos ko‘pgina foyda va xususiyatlar bor. Kitobning Hind ulamolari, mudarrislari, xususan, “Jomiut Termiziy”dagi hadis fani mudarrislari zimmasida anchagina xizmati ham yotadi. Chunki bu ulug‘ kitob ularga berk eshiklarni ochdi va ularni tahqiq yo‘llariga yetakladi hamda muammoli, mushkil joylarni yechishda, chiqish tomonlarini bayon qilishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu manbaning chuqur dengizidan qonib-qonib ichishgan, uning nurlari bilan yo‘l topishgan va uning yo‘lchi yulduzlari bilan haqiqat yo‘llariga hidoyat topishgan[3].
- “Sunani Abu Dovud”ga imlosi. Bu kitobning faqat bir juzi nashrdan chiqqan.
- “Sahihu Muslim”ga imlosi.
- “Hoshiyatu Kashmiriy ala Sunani ibn Mojja”. Bu kitob uzoq muddat Shayx Sayyid Muhammad Idris qo‘lida bo‘lgan.Ammo hozir qayerdaligi noma’lum.
- “Faslul xitob fi mas’alati ummil kitob”. 104 betli o‘rtacha hajmdagi, imom ortidagilarning “Fotiha”ni o‘qish haqidagi risola. Bu asarida muallif juda qimmatli ma’lumotlarni qoldirgan. Xususan, boshqa mazhab qavllarini ham keltirgan va ularni solishtirib, tahlil qilgani e’tiborga molikdir.
- “Xotimatul xitob fi fotihatil kitob”. Ushbu kitob tepadagi kitobning fors tilida yozilganidir. Kitobni Devband akademiyasida dars berayotgan paytlari birorta kitobga murojaat qilmay 1-2 kunda yozib bo‘lganlar va unga shayxlari alloma Muhammad Hasan Devbandiy taqriz yozib, masalaga chuqur yondashishini maqtaganlar.
- “Naylul farqadayn fi raf’il yadayn”. Kashmiriyning bu kitoblari 145 bet. Shayx kitobning muqaddimasida: “Bu ruku’dan oldin, keyin, ikki sajda orasida va ikki rak’atdan so‘ng ikki qo‘lni ko‘tarish borasida bir parchadir”. Buni “Naylul farqadayn fi raf’il yadayn” deb atadim” deb yozgan[4].
- “Bastul yadayn linaylil firqadayn”. Alloma bu kitobida mazhab imomlarining ba’zi mas’alalarda ixtilofga sabab bo‘lgan rivoyatlar orasini jamlashga, muvofiqlashtirishga harakat qilgan.
- “Kashfussatri an mas’alatil vitri”.
- “Attasriyhu bima tavotara fi nuzulil Masiyh”.
- “Diniy zaruratlardan birini inkor qiluvchilarni kofirga chiqarish”. Allomaning bu kitobi o‘zining bobida tengsizdir. Unda iymon va kufr asoslari borasida, odamlar ko‘p duchor bo‘ladigan chalkashliklar, musulmonni kofirga chiqarish masalalari va boshqa ilmiy foydalar xususida bahs yuritilgan. Shuningdek, asarda din majburiyatlaridan birini inkor etish, ularni to‘g‘rilash, qayta ko‘rib chiqish bilan kofir bo‘lish haqida ham so‘z yuritilgan. Bu asar mavzusi salafu-xalaf qarashlarini o‘zida qamrab olgan. Mavzuda biror xoli, bo‘sh tomonini, ushbu bobga qarshililik qilishi mumkin bo‘lgan biror jihat qoldirilmagan. Shayx Anvar Shoh bu muhim masalada fikrlari bir joydan chiqishi, ummat ulamolari orasida qarama qarshilik qolmasligi uchun tahqiq qilish va ilmiy bahsu munozara qilish maqsadida mana shu masalani o‘rtaga tashlagan. Ulamolar ham o‘z navbatida bu borada Shayxga muvofiq yo‘l tutishdi hamda shayxning ushbu betakror risolasiga yuksak baho berishdi[5].
- “Aqidatul islom fi hayati Iysa alayhissalam”.
- “Tahiyyatul Islam fi hayati Iysa alayhissalam”
- “Xotamun nabiyyin”(Fors tilida).
- “Mirqotuttorim li hudusil olam”.
- “Zorbulxotim ala hudusil olam”.
- “Sahmul g‘oybi fi kabidi ahlir royb”.
- “Kitabun fizzabbi an qurratil aynayn” (Fors tilida).
- “Al-ithaf li mazhabil ahnaf”.
- “Xozainul asror”.
- “Iynas bi ityani Ilyas alayhissalam”.
“Annurul faiz ala nazmil faroiz”
[1] Sаyid Shohid Rosul Kokoхel. Аllаmа Muhаmmаd Аnvаr Shoh Kаshmiriy fi zov’i intаjаtihi аl аdаbiyati vаl ilmiyyati. – Pokiston: Hovаlаnpur. 2009. – B.129.
[2] Sаyid Shohid Rosul Kokoхel. Аllаmа Muhаmmаd Аnvаr Shoh Kаshmiriy fi zov’i intаjаtihi аl аdаbiyati vаl ilmiyyati. – Pokiston: Hovаlаnpur. 2009. – B.130.
[3]Аbu Аli Muhаmmаd Аbdurrohmаn Muborаkfuriy. Tuhfаtul Аhvаziy. – Bаyrut: Dorul fikr. J-1. – B.18.
[4] Muhаmmаd Аnvаr Shoh Kаshmiriy. Mаjmuаtu rаsoili imom Kаshmiriy. – Kаrotishiy. Idorаtul Qur’on. 1416. J-1. – B.11.
[5] Sаyid Shohid Rosul Kokoхel. Аllаmа Muhаmmаd Аnvаr Shoh Kаshmiriy fi zov’i intаjаtihi аl аdаbiyati vаl ilmiyyati. – Pokiston: Hovаlаnpur. 2009. – B.153.
Muhiddinov Muzaffar
"Hidoya" o'rta maxsus islom
bilim yurti mudarrisi