Bir oyat tafsiri...
Alloh taolo Ma'un surasining 7-oyatida shundayn deb marhamat qiladi
ويَمْنَعُونَ المَاعُونَ
Va maaʼuunni man qiladiganlardir.
“Maaʼuun”ni baʼzi tafsirchilar zakot deydilar, boshqalari esa xoʻjalikda kerak boʻlib turadigan igna, tuz, qozon, bolta va boshqa asbob-anjomlar, deydilar.
Bu surada dunyoning arzimas matohlariga baxllik qilib, bir inson so'ragan paytda qalbdan xursandchilik ila berilishi kerak bo'lgan o'rinda man' qilgan kimsalar uchun zajr va qo'rqituv bordir. Albatta eng mazammat qilingan ishlar bo'lib o'z sohibini xo'rlik va yolg'izlik tomon yetaklaydi. Baxillik qilishni Alloh taolo Munofiqlarning alomatlari ortidan zikr qilishi ham bu qanday ham katta gunohga sababchi ekanligiga yaqqol dalildir.
Islom – Ixlos va amal dinidir. Ibodatlar ixlos bilan boʻlmasa, egasini yaxshi axloq va omillarga boshlamasa, haqiqiy boʻlmaydi. Inson tili bilan musulmonman deyishi, Islomiy amallarning baʼzilarini ado etishi, masalan, namoz oʻqishi ham mumkin, lekin haqiqiy musulmon boʻlsa, iymon alomatlari uning yurish-turishida, muomalasida, gap-soʻzida, ishida, odob-axloqida – hamma-hammasida koʻrinib turadi.
Abdulvohidov Muhammadyusuf
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti 2-kurs talabasi