Mutola'mdagi eng dur-u gavhar,qalbimni larzaga solgan ibora...
📚Mutola'mdagi eng dur-u gavhar,qalbimni larzaga solgan ibora.
{يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَرْفَعُوا أَصْوَاتَكُمْ فَوْقَ صَوْتِ النَّبِيِّ وَلَا تَجْهَرُوا لَهُ بِالْقَوْلِ كَجَهْرِ بَعْضِكُمْ لِبَعْضٍ أَنْ تَحْبَطَ أَعْمَالُكُمْ وَأَنْتُمْ لَا تَشْعُرُونَ}.
2. Ey, imon keltirganlar, amallaringiz o'zlaringiz sezmagan holingizda zoye bo'lib ketmasligi uchun sizlar ovozlaringizni Payg'ambarning ovozidan yuqori ko'tarmanglar va unga bir-birlaringizga baland ovoz (dag'al so'z) qilgandek baland ovoz qilmangizlar!
(Ustoz Abdulaziz Mansur Ma'nolari tarjimasidan)
•Payg'ambarimiz sollalohu alayhi vasallamni vafot etgandagi holatlari,hayoti dunyodalik hollari bilan birdur.
©Ibn Arabiy rohimahulloh
Zero,bir varoq qog'ozdagi ul zoti sharifdan kelgan hadis,u zotni muborak talaffuzlaridan, zilol suv singari chiqayotgan so'zlarini ayni o'zidir.
Qachon muborak hadislari davralarda so'zlansa,hozir bo'lganlarni barchasi bamisoli,ko'z o'ngida o'zlari aytib berayotgan ekanini his etsin, hamda aslo ovozini ko'tarmasin.
Boisi,Olamlarni nurga to'ldirgan zot,hech qachon o'z havoyi nafslaridan gapirmagan.
So'zlagan so'zlarini barchasi,ilohiy vahiy.
Makorimul axloqlar,Axloqi hamiydalar bilan o'rnak bo'lgan zotni hurmatlari abadul abad davom etar,buni Boriy azza va jallani quyidagi oyatining ishorasidan anglaymiz:
{وإذا قرئ القرآن فاستمعوا له وأنصتوا }
Qaysi vaqtiki Qur'on o'qilsa,uni tinglang va jimlikni saqlang(so'zlashdan butkul to'xtang).
Bunday buyuk ehtiromni bizga yetkazishda,o'z quvvati va himmatini ayamagan,
Abu Bakr Ibn Arabiy rohimahullohni Alloh taolo o'z fazli va marhamati va jannati firdavsi bilan musharraf aylasin.
Manba:Tafsiri Qurtubiydan naql qilindi.
Kuzibekov Sarvarbek
“Hidoya” oʻrta maxsus islom
bilim yurti talabasi