Vatan...
Soʻz eshituvchining hayolida nimalarnidir gavdalantiradi. Yaʼni eshitganda qandaydir manzara hosil boʻladi hayolda. Hoʻsh vatan soʻzini eshitganda sizning hayolingizda qanday manzara hosil boʻladi? Masalan menda vatan deganda tandir oldida onam yopayotgan issiq nondan birini olib suvga boʻktirib yeganlarim, yoki boʻlmasam changitib koʻotok tepgan mahallamiz koʻchasi yoki brinchi marta otajonim bilan masjidga borganimiz chunki ilk bor bunchalik koʻp kishilarni bir joyga yigʻilganini koʻrishim edi. Yoki bozorga ilk borganimdagi manzara yoxud Toshkentga ilk borganimdagi binolar, vahokazolar. Lugʻatdan maʼlumki qaysi soʻz hayolda koʻproq, turli hil narsalarni gavdalantirsa shuncha kuchli, quvvatli soʻz boʻladi. Huddi ona soʻzi kabi vatan deganda ham hayolga turli vaziyat va manzaralar gavdalanadi.
Lekin afsuski bugungi kunda vatan nima deyilsa kindik qoni toʻkilgan joy deyishdan uyogʻiga oʻtilmay qolindi. Toʻgʻri maʼjozan tugʻulgan joy sifatida shunday deyiladi. Lekin hechqanday hissiz, fikrsiz, quruq shuni oʻzini qaytarish achinarli. Bu vatanga muhabbatni bildirmaydi. Vatan bu mavhum, maʼlum bir kunda yoki tadbirlarda gapiriladigan soʻzlar emas. Balki vatan bu siz, men, hammamiz. Yaʼni, manashu odamlar haqiqiy vatanni tashkil qiladi. Qandaydir mavhum yoki quruq binolar emas.
Bir narsa koʻp takrorlansa shunga odatlanib qolinadi va undan his yoʻqoladi. Vatan haqidagi fikrlar ham qoliplashib undan his yoʻqolgan. Faqat tadbirlarda eslanadigan mavzuga aylangan. Shuning uchun ham u haqda gapirilsa qaysidir maʼnoda eshituvchilarning ensasi qotishni boshlaydi. Aslida esa bugungi kunda eng dolzarb va aksar muammolarning sababi vatanning asil mohiyatini bilmaslikdir. Shundan odamlar oʻzga yurtlarga qul qilib sotilmoqda, kim nima desa ishonib ketib, oʻz tululgan tuproqlariga tosh otishmoqda. Balki shundan islom va unda vatan tushunchalari haqida hato fikrlar shakillanmoqda.
Aslida esa islom vatanni eng ulugʻ bir oʻringa qoʻyadi. Unga va uning ravnaqiga hizmat qilishni ibodat sanaydi. Vatanni besabab tark qilishni esa Alloh Taolo oʻz kalomida oʻzini oʻzi oʻldirishga qiyoslaydi. Yaʼni, olamlarni yaratgan zot albatta inson nimani hohlashiyu nimani yomon koʻrishini yaxshi biladi va shuning uchun ham vatanni tark qilish insonga qattiq taʼsir qilishini oʻz joniga qasd qilish bilan tenglashtiradi.
Islomda hijrat yaʼni vatanni tark qilish Rasulullohdan sunnat deya hato daʼvoni ilgari surishmoqda. Rasululloh vatanlarini majburlikdan yaʼni jonlariga qilingan qattiq suyiqasdlardan soʻng tashlab chiqishga majbur boʻlganlar. Lekin qalblarida vatanlariga boʻlgan muhabbat joʻsh uradi, uni tashlab ketish azobi qaynaydi, shunda Alloh Taolo Sizga Qurʼonni farz qilgan zot albatta qaytar joyga qaytarur deya koʻngillarini hotirjam qiladi. Shunda Rasululloh vatanlari boʻlmish Makkaga qarab "eh Makka, agar qavmim majbur qilmaganida edi aslo seni tark etmas edim deydilar" va Madina boʻlganlarida ham Makkani koʻp eslab uni maqtar va qalblaridagi vatan muhabbatini izhor qilar edilar. Bularni bilmay turib vatangadolikni Rasulullohdan sunnat va barcha musulmonlar shunaqa qilishi kerak deyish ayni ilmsizlikdir.
Shariatimizda ham musofir mavzusi boʻlib unga koʻplab yengilliklar beriladi. Chunki safar mashaqqatlardan ibiratdir. Qolaversa vatan sogʻinchi boʻladi. Qolaversa safar bilan bogʻliq boʻlgan dinimiz farz qilgan haj ibodatida ham haj amallarini toʻkis ado etgach vatanga qaytishni tezlatish va besabab vatandan uzoqda qolmaslikka chaqiriladi. Bu haqda Rasulullohdan koʻplab hadislar kelgan. Shundan mazhabboshimiz imomi Azam rohimahulloh hattoki kaʼbaga qoʻshni boʻlishni niyat qilish vatanni besabab tark qilishni makruh deganlar. Chunki Alloh Taolo odam bolalarini bir hikmat bilan butun yer yuzi boʻylab yoyib qoʻygan va butun yer yuziga rizqlarini sochib qoʻygan. Insonga oʻzi tugʻulgan joyini gullab yashnatish, ravnaqiga hissa qoʻshish buyiriladi. Aks holda hammani bir joyda yaratar edi.
Rasululloh vatanlarini sevganlar vaholanki u tosh va qumdan iborat saxro edi holos. Lekin uni sevganlar. Bundan koʻrinadiki insonlarga ham oʻz tugʻulgan joylarini ravnaqiga hissa qoʻshishlari, oʻsha joyni sevishlari lozim boʻladi. Sevish esa uni bor ayb, nuqsonlari bilan qabul qilish va shu nuqsonlarni toʻgʻirlashga harakat qilishdir. Zarurat tufayli masalan ilm talabida yoki biror ish yuzasidan vatan tark etilsa ham unga mushtoq boʻlish va tezroq qaytish payidan boʻlish lozim. Qaytishni ortga surish esa yuqorida kelgani kabi makruhdir.
Hulosa islom vatanni misli koʻrilmagan darajada ulugʻ bir oʻringa qoʻyadi va uni sevish va unga hizmat qilishga buyuradi. Musulmonlar oʻz tugʻulgan vatanlari ravnaqiga hissa qoʻshishlari lozim boʻladi. Bu yoʻlda boshqa joylarga safar qilishlik kerak boʻlsa ham vatanga mushtoq boʻlinadi. Alloh Taolo vatanimizni tinch, dinimizni salomat qilsin. Aytganlarimizni va eshitganlarimizga amal qilib vatanimiz ravnaqiga hissa qoʻshadiganlardan qilsin. Amin!
Habibullayev Karimulloh
“Hidoya” o'rta maxsus islom bilim
yurti 2-bosqich, 51-guruh talabasi