Яратилиш санаси 24.02.2024

Qur'on - Allohning mo'jiz kalomidir!

Hech shubha yo'qki, Allohning kalomi bo'lmish qur'oni karim har taraflama: ham ma'no jihatidan, va boshqa bizga ma'lum yoki ma'lum bo'lmagan jihatlardan ham mukammaldir. Bunga ko'plab misollar ketirish mumkin.

Misol uchun "Niso" surasi 82 - oyati: 

أفلا يتدبرون القرءان ولو كان من عند غيرالله لوجدوا فيه اختلافا كثيرا

“Axir ular Qur'on haqida fikr yuritmaydilarmi agar u Allohdan boshqa birov tomonidan bo'lsa edi unda ko'p qarama qarshiliklar topar edilarku?”

Bu oyatdagi "ixtilafan" so'zi nasb xolatida qur'onda faqat shu oyatda mavjud. Va bu "qarama qarshiliklar" degan ma'noda faqat shu oyatda kelgan. Alloh taoloning " agar u Allohdan boshqa birov tomonidan bo'lsa edi unda ko'p qarma qarshiliklar topar edilarku" degan so'zi nafaqat undan tushinilgan ma'noga balki "ixtilafan" so'zining qur'onda kelgan soniga ham dalolat qilmoqda. Ya'ni odatda 1 dan ko'p narsa ko'plikga dalolat qiladi "ixtilafan" so'zi agar qur'onda yana bir joyda kelganida u son jihatidan "ko'p ixtiloflar" ga dalolat qilishi mumkin edi. 

Yana bir misol qilib  "Naml" surasini olishimiz mumkin. "Naml" surasining birinchi oyati "ط ,س" xarflari bilan boshlanadi. Bu xarflar mutashobih hisoblanadi. Qur'on tartibini o'rganadigan olimlarning aniqlashicha "ط" xarifi shu suraning o'zida 27 marotaba "س" harifi esa 93 marotaba takrorlangan. Agar e'tibor bersak "Naml" surasining qur'ondagi tartib raqami 27, oyatlarining soni esa 93 ta hisoblanadi. 

Yana qur'oni karimdagi "kun" so'zi 365 marotaba, "oy" so'zi esa 12 marotaba takrorlangan. "Jannat" va "Jahannam" so'zlari son jihatidan teng takrorlangan. Ularning soni 77 ta. 

Bularning hammasi tasodif bo'lishi mumkinmi? Yo'q albatta. Bu aniq sonlar tasodif uchun ko'plik qiladi. Bular barchasi faqatgina Alloh taoloning kalomi biz bilgan yoki payqamagan jihatlardan ham mukammal ekanligini bildiradi. 

Qutbiddinov Ayubxon

“Hidoya” o'rta maxsus islom 
bilim yurti talabasi