Tafsir...
“Tafsir” so‘zi lug‘atda bayon qilish, ochib berish ma’nolarini bildiradi.
Ammo ulamolar istelohida: “Tafsir – inson qodir bo‘lgunicha Qur'on Karimdagi Allohning murodini oʻrganadigan fandir". Bu borada koʻplab asarlar yozilgan. Ulardan biri " Tafsirul Jalolayn" asaridir. "Tafsiri Jalolayn», degani lug'atda «ikki Jalol tafsiri», degan ma'noni bildiradi.
Ulamolar oʻrtasida mashhur bo'lgan bu Qur'on tafsiri ikki ulug' mufassir imom - Jaloliddin Muhammad ibn Ahmad Mahalliy va Jaloliddin Abdurahmon ibn Abu Bakr Suyutiylar qalamiga mansub. Jaloliddin Mahalliy Kahf surasidan Nas surasigacha hamda Fotiha surasi tafsirlarini qilganlar. Qolgan suralarning tafsirlarini tugata olmay, vafot etganlar. Oradan yarim asr o'tib, Jaloliddin Suyutiy Baqara surasidan Al-Isro surasigacha tafsir qilib, suralar tafsirini nihoyasiga yetkazganlar. Asar mualliflarining hayotiga toʻxtaladigan boʻlsak, Jaloliddin Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Ibrohim al-Mahalliy ash-Shofiy hijriy 791 yilda Misrda tavallud topganlar. Yoshliklaridan tahsil olishni boshlaganlar va bir necha ilmlarni: fiqh, usul, mantiq, nahv, kalom egallay boshlaganlar. Zehnlari juda ham kuchli boʻlgan. Hamdarslaring birlari ularning zehnlarini maqtab " Al Mahalliyning zehni olmasdan ham oʻtkirroqdir" deb aytganlar. Uzoq yillar davomida" Al Muayyadiya" va " Al Barkukiya" madrasalarida fiqhdan dars berganlar. Hijriy 864-yilda vafot etganlar.
Hofiz Jaloliddin Abul-Fazl Abdurahmon ibn Abu Bakr ibn Muhammad Suyutiy ash-Shofeiy hijriy 849-yilda Misrning Qohirasida tugʻilganlar. U kishiga "Asyut" degan shaharga nisbat beriladi. 5 yarim yoshlarida otalari vafot etadi. 8 yoshda Qur'on Karimni yodlab boʻladi. Zamonasining yetuk olimlaridan tahsil olganlar. Shogirtlaridan biri ad Dovudiy shunday deganlar: Jaloliddin Suyutiy 51ta olimni oʻzlariga ustoz tutib, ulardan ilm oʻrganlarlar. Yozgan asarlari 500tadan oshib ketadi. Bu asarlar sharqdayu gʻarbda shuhrat topgan. Jaloliddin Suyutiy hijriy 911-yilda vafot etganlar. Qabrlari Imom Shofiy rohmatullohi alayhning yaqinlariga qoʻyilgan.
Abdumalikov Baxtiyor
“Hidoya” oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi