Tafsirning manhajlari
Tafsirning umumiy tavsif nuqtai nazaridan manhajlari 3 tadir:
1.At-tafsir bilma'sur (rivoyat bilan tafsir)
2.At-tafsir birroy (diroyat bilan tafsir)
3.At-Tafsirul Ishoriy (ishora bilan tafsir)
•At-tafsir bilma'sur (rivoyat bilan tafsir)- Qur'onning o'zida yoki sunnati nabaviyda va sharif hadislarda kelgan va Rasululloh sollollohu alayhi vasallamning eng yaqin sahobalarining so'zlari bilan qilingan tafsir.
At-tafsir bilma'sur (rivoyat bilan tafsir)bo'yicha eng mashhur kitoblar:
1. "Jome'ul Bayon an ta'vil ay Qur'an" Albi Ja'far Muhammad Bin Jarir al-Tabariy
2. "Tafsirul Ayoshiy" Shayx Abu Nasr Muhammad ibn Mas'ud Al-Ayoshiy Al-Samarqandiy
3."Tafsiru Alqomiy" Ali ibn Ibrohim ibn Hoshim Al-Qomiy
4."Majmaul bayon fiy tafsiril-Qur'an" Shayx Amin Ad-din Abu Ali al-Fadl Ibn Al-Hasan At-tobarsiy
5."Tafsirul Qur'onul Aziym" Ibn Kasiyr Damashqiy
6."Javohirul-Hassan fiy tafsiril Qur'on"("Tafsiru as-Salabiy" nomi bilan tanilgan), Ibn Zayd Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Maxluf as-Salabiy Al-Mag'ribiy
7."Ad-durul Mansur fiy tafsiri bilma'sur" Jaloliddin As-Suyutiy
•At-Tafsiru birroy (bu yerda "birroy"dan murod "ijtihod"dir) Agar ijtihod muvaffaqiyatli bo'lsa, ya'ni: jaholat va o'z-o'zini aldashdan uzoqda bo'lgan maqbul dalilga suyanilsa.
At-Tafsir birroyda tafsir quyidagi shartlarga asoslanishi kerak :
1-Qur'oni Karim va uning umumiyliklariga muvofiq kelishi;
2-Payg'ambar sollollohu alayhi vasallamning sunnatlariga, hadislarga va ularning umumiyliklariga muvofiq kelishi;
3-Arab tili va uning usullariga muvofiq kelishi.
Agar At-Tafsir birroy ushbu uchta shartga asoslangan va unga muvofiq bo'lsa, u qabul qilinadi, aks holda u marduddir (nomaqbuldir).
At-Tafsir birroy borasida yozilgan eng mashhur kitoblar:
1.Shayx Abu Ja'far Muhammad Ibn Al-Hasan At-Tusiy "At-Tibyon fiy tafsiril Qur'an"
2.Ibnul Qosim Mahmud ibn
Umar az-Zamaxshariy "Al-Kashshof an haqoiqut tanjiyl va uyunil aqval fiy vujuhit ta'vil"
3.Faxriddin Roziy "Mafatihul G'oyb"
4.Ibn Hayyan Muhammad ibn Yusuf al-Andalusiy "Al-Bahrul Muhiyt"
5.Sayyid Abu Al-Qosim Al-Musaviy Al-Xuiy "Albayon fiy tafsiril Qur'an"
•At-Tafsirul Ishoriy- so'fiylik tafsirlari kabi bo'lib, ishora bilan tafsir qilishdir.
At-Tafsirul Ishoriy borasida yozilgan eng mashhur kitoblar:
1.Nizommiddin Al-Hasan ibn Muhammad al-Naysoburiy "Tafsiru g'oroibil Quran va rog'oibil Furqon"
2.Ibn Muhammad Sahl ibn Abdulloh Ibn Yunus at-Tastariy "Tafsirul Qur'onul Aziym"
3. Ibn Abdurahmon Muhammad ibnul Husayn al-Azdiy As-Salamiy "Haqoiqut Tafsir"
Akramov Otabek
“Hidoya” o'rtya maxsus islom
bilim yurti talabasi