Яратилиш санаси 24.01.2024

TASAVVUF...

Tasavvuf, sufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yo’llovchi ta’limot. Tasavvuf so’zining o’zagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb e’tirof etilgan. U "Muqaddima" asarida Tasavvuf "suvf" — "jun", "po’stin" so’zidan olingan bo’lishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan to’qilgan kiyim yoki po’stin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini o’zlarida namoyon etganlar, deydi. 

Tasavvuf va "sufiy" so’zlari 9-aasrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama o’rnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi so’zlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga ko’ra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi qistuyg’ular mujassam bo’lgan. Lekin hijratning 2asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning ko’pchiligida mazkur xususiyatlar o’rnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo bo’la boshlagandan keyin obidlik va zoqidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar T. va sufiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. T. turlicha talqin qilingan. Mas., Ma’ruf alKarxiy (815 y.v.e.) fikricha, " Tasavvuf. — g’aqiqat sari intilish, odamlardan tamagirlik qilmaslik va faqirlikni ixtiyor etishdir". Zunnun alMisriy (859 y.v.e.), "Sufiy boylik istab o’zini charchatmas va yo’qotgan boyligiga achinib, bezovta bo’lmas", desa, Junayd alBag’dodiy (909 y.v.e.) " Tasavvuf. — qalbni sof tutmoq, tug’ma zaiflik va noxush axloqlardan forig’ bo’lib, hayvoniy va nafsoniy tuyg’ular ustidan g’alaba qilmoq", deb ta’rif bergan. Yana u " Tasavvuf bir uy bo’lsa, shariat unga kiradigan eshikdir", degan. So’fi Olloyor bu ta’rifni quvvatlab:Shariatsiz kishi uchea havog’a Ko’ngil berma aningdek xudnamog’adeb yozadi. Misrlik olim Ibrohim Basyuniy "Islomda tasavvufning paydo bo’lishi" kitobida hijriy 3 va 4-a.larda yashab o’tgan olimlarning Tasavvuf haqidagi 40 ta ta’rifini keltiradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Tasavvuf islom shariati talablarini ham ixlos bilan bajargan xolda zuxd, taqvo, kamtarlik kabi oliyjanob fazilatlarni o’zida mujassam etib, nafsni poklash yo’li bilan komil inson darajasiga erishishga harakat qilishdan iborat. Tasavvuf ning o’ziga xos istilohi mavjud. Masalan, Tasavvuf ilmidan saboq beruvchi shaxs— shayx, murshid, pir, eshon, xoja, mavlo, mavlono, maxdum kabi unvonlar bilan tanilgan. Tasavvuf dan saboq oluvchi shaxs — murid, solik, axli dil, axli hol, mutasavvif kabi nomlar bilan atalgan. 

Tasavvuf bo’yicha oliy maqomlarga erishgan sohibkaromat pirlar — valiy, avliyo, qutb, aqtob, avtod, chilton, abdol, abror, ahror, nujabo, nuqabo, siddiq, g’avs va h.k. deyilgan. Tasavvuf ahli ba’zan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat, ahli suluk, rijolulg’ayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan

Abdulhamidov Nabixon

“Hidoya” o'rta maxsus islom 
bilim yurti o'qituvchisi