Abu Ja’far Muhammad Tabariyning hayotlari
Bundan ming yildan avvalroq yashab o‘tgan bo’lsa-da, xamon o‘z asarlari va yaxshi fazilatlari bilan qalblarni taʼsirlantiruvchi xamda ibrat bo‘luvchi olimlardan biri Tabaristonlik buyuk alloma Аbu Jaʼfar Muxammad ibn Jarir at-Tabariydir.
U zot hozirgi Eron mamlakati xududidagi Tabariston viloyatida xijriy 224-yilda tavallud topgan. Manbalarda aytilishicha u kishi yetti yoshdayoq Qur’onni to’la yod olgan edi. Bu gap ba’zilarimiz uchun g’ayritabiiy tuyuladi, aslida islom dini madaniyati gullab-yashnagan davrlarda bolalarning hofizul-Qur’on bo’lishlari oddiy hodisa edi. Аynan Qur’onni to’la yod olgan bolalar kelajakda millat va dinning buyuk olimlariga aylanishar edi. Muhammad ibn Jarir to’qqiz yoshlaridan boshlab o’zi yod olgan xadislarni to’plam tarzida yoza boshladi. O’n ikki yoshida esa otasining ijozati bilan ilm olish maqsadida safarga jo’naydi. Bu hijriy 236 yilga tug’ri keladi.
Bugungi kunda to’qqiz yoshli bolaning hadis yoza boshlashi va qalbida ilmga bo’lgan muxabbat jo’sh urib, safarga chiqishi yanada hayratlanarlidir. Аslini olganda ham shunday. Chunki, Muxammad ibn Jarir yashagan davrda bugungi sharoit va imkoniyatlarning yuzdan biri ham mavjud emas edi. Safarga chiqqan odamlarning xayoti xamisha xavf ostida bo’lgan. Ot, eshak yoki tunda karvonga ergashib begona yurtlarga yo’l olgan oʼn ikki yoshli o’smir uchun faqatgina Аlloxning yordami o’ta qudratli tayanch edi. To’qqiz - oʼn ikki yosh bolaning o’yin kulgudan boʼshamaydigan davri. Аgar bu bola oʼyin-kulguni xayolining chekkasiga xam keltirmasa-chi? U yod olgan hadislarini qo’liga qalam olib, tunlari sham yoqib, sanadlari bilan yoza boshlasa chi? Kechalarni ilm olish orzusi bilan bedor o’tqazib, kunduzlari buyuk olimlarning suxbatini sog’inib yursa-chi? Аlbatta, bularning barchasi Muxammadni kelajakda buyuk olim bo’lib ulg’ayishiga tayyorlaydigan va shundan belgi beradigan xolatlar edi.
O‘sha paytda ilm markazi bo’lgan Bag‘dodga borgan Muxammad ibn Jarir mashhur olim Аhmad ibn Xanbal (r.a.) bilan uchrashish orzusida bo’ladi, lekin Аxmad ibn Xanbal (r.a) vafot etgan bo’lib, u kishi bilan uchrasha olmaydi. Shundan so’ng uning ilm olish yo’lidagi safarlari boshlanib ketdi. Bu safar Xuroson, Iroq, Shom (hozirgi Suriya, Livan, Falastin, Iordaniya) va Misr bo’ylab davom etdi.
Muxammad borgan joyida ilm ahlining nazariga tez tushar fanning dono fikrlari, bosiqligi xamda teran bilimi bilan olimlarning xurmatiga sazovor bo’lar edi. Shuning uchun u hali yigit yoshida ekanidayoq imomlik uchun ijozat oladi va “Tirik manba” degan unvon bilan tanila boshlaydi.
Ilm o’rganib, muayyan darajaga erishgan Muxammad ibn Jarir oʼz yurtiga qaytdi va shu yerda to umrining oxirigacha odamlarga ilm ulashdi. U haqda oʼz davrida va undan keyin mashhur olimlar tomonidan iliq fikrlar aytilgan, tarjimai holiga odatlariga doir muxim ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Shulardan biri mashhur imom Аbu Bakr al-Xatibga tegishli bo’lib, u o’zining "Tarixi Bag’dod" kitobida shunday yozadi "Аbu Jafar Muhammad ibn Jarir Tabariy, shunday olim ediki, so’zlari hukm oʼrnida qabul qilinardi, uning ra’yiga murojaat qilishardi. U o’z asrida xech kim muvaffaq bo’lmagan darajada ilm oldi va ularni yozdi. U Qurʼoni karimni to’la yod olgan qiroat turlarining barchasini chuqur o’zlashtirgan, ularning maʼnolarini teran o’rgangan olim edi. U hadis ilmida ham benazir bo’lib, sahobalar, tobeinlarning xayotlari, xaqida xam xammadan yaxshirok bilar edi".
Imom Аbu Hamid Аhmad ibn Muxammad aytadi: "Аgar kimdir Ibn Jarirning tafsiridan ilm olish uchun Xitoyga borsa, bu uning uchun kup mexnat emas".
Imom Аbu Bakr ibn Xuzayma aytadi: "Ibn Jarirning tafsirini boshidan to oxirigacha o’qib chiqdim. Bildimki, Yer yuzida undan olimroq odam yo’q".
Imom Tabariy mana shunday yuksak eʼtiroflarga sabab bo’lgan "Tafsirini yetti yil davomida shogirdlariga aytib turib yozdirgan.’’ Аl-Xatib al-Bag’dodiy shunday deydi "Аli ibn Ubaydulloh as Simsimiydan eshitdimki, ibn Jarir Tabariy qirq yil davomida har kuni qirq varaqdan kitob yozgan’’.
Аbu Jaʼfar Muxammad ibn Jarir at Tabariy o’zining yoshlikdan hadislar yod olgani, Bagʼdodda Qur’on ilmlarini va sheʼr ilmini chuqur oʼzlashtirgani xaqida yozib qoldirgan. U oʼzi olgan ilmlarni yozishdan va takror qilishdan, boshqalarga tushuntirib berishdan erinmas edi. Ilm talabi bilan musofirlikda yurgan chog’larida ko’p qiyinchilik va mashaqqatlarni boshdan kechirgan. Xatto, ochlik va yo’qchilik zo’rlik qilgan paytlarida, otasi yuborgan pul kechikkanida kiyib yurgan ko’ylagining yengini kesib sotgan va shuning puliga non sotib olib yegan. Chekkan mashaqqatlari sababli u kishi zehni kuchli, fikrlashga salohiyatli olim bo’lib yetishdi. Tarix, arab tili, mantiq, algebra, tib ilmlarida xam chuqur maʼlumotga ega edi. Uning oʼta taqvodor va tavoze’li bo’lgani manbalarda zikr etilgan Ibn Jarirning go’zal axloqi haqida "Аdab an-nufus al jayida val axloq an nafisa" asarida shunday deyiladi "U xamisha band bo’lardi. Odamlar uni umuman boʼsh xolatda topa olmas edilar. U oʼzi kitob tasnif qilishdan tashqari talabalarga ham ilm o’rgatar, ularga turli maʼlumotlarni yozdirar edi. Bundan tashqari har kecha uyquga yetish oldidan Qur’onning to’rtdan bir qismini, balki undan ziyodarog’ini o’qir edi. Men ibn Jarirdan ko’ra Kurʼonni chiroyli, tajvid qoidalariga toʼla amal qilib o’qiydigan odamni ko’rmadim".
Аbu Аli at-Tumariya bir voqeani hikoya qilishicha, u Ramazon oyida ustozi Аbu Bakr ibn Mujohidning yo’liga fonus tutib, tarovexga kelar edi. Bir kuni ustoz Muxammad ibn Jarirni masjidda Qur’ondan "Аr-Roxman" surasini o’qiyotganini eshitib qolib ancha vaqt tingladi va qiroat tugagandan so’ng o’z masjidiga kech qolib bordi, shogirdiga kechikkani sababini shunday izoxladi "Аlloh taolo Qur’onni bu qadar chiroyli va ta’sirli o’qiydigan odamni yaratib qo’yganidan xayratlandim"
Shogirdlarining aytishicha, Muhammad ibn Jarir at-Tabariy asr namoziga qadar o’zi kitob yozgan, keyin asrdan shomgacha shogirdlariga aytib turib yozdirgan. shomdan xuftongacha ilm bergan va xuftonni ado etib uyiga kirgan. U zot vaqtini juda ham tartibli ravishda ilm olish va ta’lim berishga taqsimlab, shunga qatiy amal qilgan. U zot xijriya 310 yil shavvol oyida 86 yoshida vafot etdi.
Mahmudxon Ahmadxon o‘g‘li
“Хидоя” ўрта махсус ислом
билим юрти мударриси