Яратилиш санаси 28.02.2024

Qur`oni karim qarshisida so`z ustalarini ojiz qolishi

Alloh taborak va ta`ologa son – sanoqsiz hamdu sanolar bo`lsinki: insoniyat shaxsi hayotidagi ma`naviyati zulummat qa`riga botgan, xususan ijtimoyi holatida ko`pgina jabru sitam, zulm va jinoyatlar tabtortilmay go`yoki: haqqi dek bajarilayotgan bir pallada, Mehribon Alloh bashariyyatni bu – qorong`u ma`nosiz hayotdan oliy maqsadga asoslangan nurli hayotga olib chiqish uchun Payg`ambarimiz Muhammad sallallohu alyhi va sallamga Qur`oni majidni nozil qildi.

Sarvari koinot, Payg`ambarlar Sayyidim odamzot Zubdasi Janobimiz Rasuli akram Muhammad alayhissalomga, ahli oilalariga va sahobayi kiromlarga bitmas tuganmas salavotu salomlar bo`lsinki; habibimiz Muhammad alayhis salom juda ham sharafli Alloh farz qilgan “risolat” vazifasini ado etishda Makka mushriklari tomonidan misli ko`rilmagan va mimda`d uchramaydigon ozoru tazyiqlarga ro`paro keldilar. Payg`ambarimizga nabaviy hayotlarida molu jonini fido qilgan kamarbasta ahlioilalarini va sahobalarini ham johillarning aziyyatlari chetlab o`tmadi.

Tabiyki payg`ambarlik da`vosi juda ham katta da`v o bo`lib o`zaga yarasha isbot talab qilinadigon holatdir.

Sog`lom inson, ko`rib his qilib turgan butun bu – borliq o`z – o`zidan paydo bo`lganini tasdiqlamaydi, Albatta bir Yaratguchi borligiga ich – ichidan ishonadi, va Bu – Yaratguchini cheksiz qudrat sohibi deb biladi, qarshisida hayratta qoladi.

Aynan Shu – Yaratguchining tanlab olgan bandasi, elchisiman deyayotgan shaxsga nisbatan, da`vosoni isboti uchun odam bolasini aqlan va jismonan ojiz qoldiradigon mo`jizalarni aql qati`yyan talab qiladi.

Nabiy Akram sallallohu alayhi va sallamning tarixlari siyrati nabaviyyaga nazar solarkanmiz, haqiqatda Muhammad sallallohu alayhi va sallamni Allohning haq payg`ambari va elchisi ekanliklarini tasdiqlaydigon quyoshdan ham yorqin ko`plab mo`jizalarni guvohi bo`lamiz.

Xususan Qur`oni karim o`lkan mo`jiza bo`lib, uning mo`jizakorligi toabaddir.

Zero Ilohiy vahiy nozil bo`la boshlagan ayni damda til egalari balog`atu fasohat maydonida o`zlarining nutqlari, she`rlari va so`zamolliklari bilan bu - borada ularning oldilariga hech kim tusholmasligini ko`z – ko`z qilashardi. 

Biroq ular bilgan, tanigan, yozish, uqishni bilmaydigon Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) aynan ularning tilida, o`zlari talaffuz qilib yurgan hijoyi harflardan (alifbo) birikkan, nutq va she`rlarida ishlatadigon kalimalaridan, ajib bir uslubda tizilgan jumlalarni aytib, uni Allohning kalomi ekanligini aytdi.

Shunda ustasi farng shoiru adib va notiqlar Qur`onga o`xshagan bir narsalar deyishga unnab ko`rishdi, har doim ichlaridagi tillariga chiqqanda kolguga qolishdi. Ular tuzayotgan jumlalar Qur`on ifoda etayotgan ma`nolardaqa ma`noni ifoda etolmasdi. 

Qur`oni karim hamesha barcha inson va jinlarni bu borada bellashuvga chaqiradi. Va bu eshik qiyomatga davr ochiqdir!!!

Qur`oni majid Mohammad alayhis salomga nozil qilingan Allohning kalomi, ilohiy kitob, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga berilgan katta mo`jizadir.

Ziyayev Abdulqahhor

“Hidoya” o'rta maxsus islom
 bilim yurti o'qituvchisi