Яратилиш санаси 28.02.2024

Ehromdagi kishiga harom sanalgan ishlar

To‘qqizinchi hukm: Ehromda harom qilingan narsalar nima?

Shori’ (Muhammad alayhis salom) muhrimga ko‘p narsalarni taqiqladilar. Bu taqiqalarning ba’zisi Kitob bilan, ba’zisi sunnat bilan sobit bo‘lgan. Biz ularni quyida qisqacha keltirib o‘tamiz:

1. Jimo’ va unga olib boradigan o‘xshash narsalar; o‘pish, shahvat bilan ushlash, fahsh gaplarni gapirish va ayol kishi bilan vatiy yoki uning muqaddimasiga taalluqli gaplarni gaplashish kabi.

2. Shariatda gunoh sanalgan odobsizlikka kiruvchi amallarni qilish va Alloh taoloning itoatidan chiqaradigan gunohlarni qilish. 

3. Hamrohlar, xizmatchilar va boshqalar bilan xusumatlashmoq va tortishmoq. 

Bu narsalarni harom qilishdagi asl (asos) Alloh taoloning “-Kimki ularda o‘ziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yo‘qdir” so‘zidir. Bu barchasi oyati karimaning dalili bilandir.

Imomi Buxoriy rahmatullohi alayh o‘zlarining sahihlarida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Kim haj qilsa, (haj davomida) qaytarilgan ishlardan tiyilsa, gunohlardan saqlansa, huddi onasidan tug‘ilgan kunidagidek (begunoh) qaytadi” dedilar.

Ba’zi harom qilingan narsalar hadis bilan sobit bo‘lgan; 

xushbo‘ylanish, tikilgan kiyim kiyish, tirnoqlarni olish, sochni qisqartirish yoki olish, ayol kishi yuzini to‘sishi, qo‘liga qo‘lqop kiyishi kabi va bundan boshqa harom qilingan amallar. Bular haqida batafsilroq fiqhiy kitoblardan bilinadi.

Shakimov Atabek 

4-kurs, 46-guruh talabasi