Anvar Shoh Kashmiriyning hadis borasidagi kitoblari (2-qism)
Shayx Kashmiriyning ilmu fanning ko‘plab muammolari borasida ta’lif qilgan bir qancha qo‘lyozma kitob va risolalari ham mavjud bo‘lib, ulardan ayrimlarining nomlarini keltirish bilan kifoyalanamiz[1]:
- “Risala fil hay’ati”. Buni ayrim do‘stlari uchun yozib bergan.
- “Risala fiy mas’alatin minal handasati va ilmil maroya val manazir”.
- “Risala fi haqiqatil ilm”.
- “Risala fi mas’alati “Ya Shayx Abdal-Qodir shay’an lillah””.
- “Risala fi mas’alatiz-zabiyhati lig‘oyrillah”.
- “Risala fi ilmil maoniy mimma istadrakahu alas-Sakkokiy val Xotib”.
- “Maqomatun adabiyyatun ala nahji maqomatul haririyyai”.
- “Havamish ala “Al-ashbah van-nazair” libni Nujaym”.
- “Risalatun fi mas’alati solatil jumuati va ixtilaful aimmati fi shuruti adaiha”.
- “Havash ala havashiz-Zahidiyya ala Sharhil Qutbiyyati ”.
Bu ulug‘ alloma tomonidan ko‘plab nodir, juda muhim talxis kitoblar bitilgan. Jumladan, alloma Abdulhay Laknaviyga, Ibn Humomning “Fathul qodir”laridagi hanafiy dalillarga va Daymiriyning “Hayatul hayvan” kitobiga talxis yozganlar.
Vafoti. Alloma doimiy ta’lim berish va kitob mutolaasi bilan band bo‘lardi. Kitob o‘qish uchun berilib ketgan, undan boshqa ishda lazzat topmasdi. Bu ishlari bilan nafaqat yurtdoshlari, balki boshqa yurtlardan ilm olaman, xususan, hadis va fiqhni o‘rganaman deganlarga juda katta manfaat yetkazdilar. Hayotining oxirida u zotni muloyimlik, halimlik chulg‘ab oldi. Dars berish, mav’iza chog‘ida yig‘i tutardi. O‘zi ham yig‘lar, boshqalarni ham yig‘latardi. Anvar Shoh Kashmiriy 1933 (hijriy 1352) yili Safar oyidan bir kun o‘tgach vafot etdi. Janoza namoziga juda ham ko‘p olimu fuzalolar, tolibi ilmlar va muhiblaru do‘stlari qatnashdi. Alloma uyi yaqinidagi hayit namozlari o‘qiladigan namozgoh yonida dafn etildi[2].
Alloma o‘zidan uchta farzand qoldirdi: Muhammad Azhar Shoh (eng katta farzandi), Muhammad Akbar Shoh (o‘rtancha farzandi), Muhammad Anzar Shoh (kichik farzandi). Bularning barchasi fazilatlar egasi, ilmu ma’rifat sohibi bo‘lishgan. Anvar Shoh vafot etgan vaqtda uning otasi tirik bo‘lib, uning yoshi 120 dan
[2]Abdulhay Laknaviy. Nuzhatul xavotir. – Bayrut: Dorul ibn Hazm. 1420. J-8. – B. Yusuf Bаnnuriy. Nаfhаtul аnbаr fi hаyati Аnvаr. – Kаrotishiy: Mаktаbаtul Bаnnuriyya. 1424.– B.18-19.
Muhiddinov Muzaffar
"Hidoya" o'rta maxsus islom
bilim yurti mudarrisi