Яратилиш санаси 14.03.2024

Qur’oni karimda Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga odob ko’rsatish borasida nozil bo’lgan oyatlar

Alloh taolo Mujodala surasida shunday marhamat qiladi

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نَاجَيْتُمُ الرَّسُولَ فَقَدِّمُوا بَيْنَ يَدَيْ نَجْوَاكُمْ صَدَقَةً 

Ey iymon keltirganlar, agar payg’ambar bilan sirli suhbat qilmoqchi bo’lsangiz, sirli suhbatingizdan avval sadaqa bering. (Mujodala surasi, 12-oyat).

Bu oyatning nozil bo’lish sababi shuki, Madina munofiqlari odamlar orasida o’zlarini ko’rsatish uchun Nabiy sallollohu alayhi va sallam bilan yolg’iz qolib, xos suhbat qilishga odatlandilar. Ushbu holatni guvohi bo’lgan qolgan musulmonlarga bu jarayon suhbat qilayotgan kishi muhim odam ekanligi va juda muhim masalada suhbat kechayotgandek tasavvur uyg’otgan. Ba’zi oddiy musulmonlar ham muhim bo’lmagan gaplarni gaplashish uchun ham ularga o’xshab yo’l tutadigan bo’ldilar. lekin bu Nabaviy odobga xilof edi. shuning uchun ham Robbul izza bu borada hukm tushirib, “Ey imon keltirganlar, agar sizlar Nabiy akram sallollohu alayhi va sallam bilan pinhona suhbat qurishni istasangiz, avval, sadaqa qiling”, dedi. odamlar o’zlarining xatolarini tushinib, bu odatni tark qildilar. so’ngra Alloh taolo bu oyatni nasx qilib, musulmonlarga kenglik ochildi.

Alloma Shabbir Ahmad Usmoniy yozadilarki, mana shu hukmdan so’ng munofiqlar baxlliklari sabab bu odatni tark qilganlar. musulmonlar ham ortiqcha sirli suhbat qilish Alloh taologa yoqmasligini tushunib yetdilar.

Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning “Boadab bonasib” kitoblaridan tarjima qilindi. 

Muhammadibrohim Isoqjonov

"Hidoya" o'rta maxsus islom 
bilim yurti mudarrisi