Xalifa va uning qozisi o’rtasidagi bahs
Abbosiylar xalifaligida ham qozilik tiziming mustaqilligi ta’minlangan edi. Shu sababdan qozilik ham o’zining hukmlarida biror ma’lomatchining ma’lomatiga e’tibor bermagan. Abu Ja’far Mansur Basra qozisi Sivar ibn Abdullohga maktub yozib: “Qo’mondon va tijoratchi ustida nizolashayotgan yerni nazoratingga ol. Uni qo’mondonga olib ber”, dedi.
Sivar ibn Abdulloh xalifaga maktub yozib: “Hujjat mening huzurimda aniq bo’lib bo’lgan. Yer tijoratchinikidir. Men uning qo’lidan faqat hujjat bilangina olib qo’ya olaman”, dedi. Mansur unga yana maktub yozdi: “Undan o’zga iloh bo’lmagan Allohga qasamki, uni qo’mondonga, albatta, olib berasan”, dedi. Sivar bunga javoban: “Undan o’zga iloh bo’lmagan Allohga qasamki, men tijoratchining qo’lidan faqat haq bilangina olaman, xolos”, deb javob qaytardi. Bu safar ham qat’iy javob olgan xalifa: “Allohga qasamki, men adolatni ta’minlabman. Qozilarim meni haqqa qaytara olishoqda”, dedi.
“Musulmonlar olamga nimalar taqdim qilgan” kitobi asosida tayyorlandi
Muhammadibrohim Isoqjonov
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti o'qituvchisi