Imom al-Buxoriy- muhaddislar sultoni
Mustaqillikka erishganimizdan keyin yurtimizdan yetishib chiqqan ulug‘ ulamolarimiz tarixi va ularning asarlarini o‘rganib uni yana qaytadan xalqimizga taqdim qilish imkoniyati berildi. Shunday ekan o‘sib kelayotgan biz yoshlar unga munosib tarzda harakat qilmog‘imiz zarur bo‘ladi. birma-bir ularni o‘rganishni boshlaymiz.
Shulardan hazrat Imom Buxoriy, islom tarixidagi buyuk zotlardan biri ekanligi hammaga ma`lumdir. Bizga ma`lumki, ulug’ shaxslarning hayoti va ijodi doimo imkon qadar batafsil o’rganib kelingan. Chunki unday kishilarning hayotidan ibrat olingan va ijodidan har - xil maqsadlarda foydalanilgan. Shu jumladan Imom Buxoriyning hayotini o’rganishdan maqsad ham shudir. Va bu zotning ham hayotini, odob - ahloqi hamda o’ta yuksak taqvolarini biz ummatlarga ibrat qilib ko’rsatsa bo’ladi. Hazrat Imom Buxoriyning taqvosi hamda hadis yig’ish yo’lida chekkan riyozatlari, islom olamida "Imomul - muhaddisiyn" bo’lib tanilishiga sabab bo’lgandir.
Hadislar janobi Rasululloh s.a.v. hayotlik davrlarida to’plangan emas edi. Chunki janobi Payg’ambarimiz s.a.v. Sahobalariga: "Mendan Qur`oni karimdan boshqa hech narsa yozib olmanglar, agar kimki biror narsa yozib olgan bo’lsa, uni yo’q qilsin!" - deganlar. Faqatgina ayrim hollarda, masalan, zakot hususida, shuningdek, ba`zi sahobalarga ularning o’z shaxsiy maqsadlari uchun hadislarini qayd qilib borishga ruxsat berilgandur.
Janobi Payg’ambarimiz s.a.v. sahobalariga buyruq tarzida: "Mening huzurimda bo’lmaganlarga hadislarimni etkazingizlar", deb ushbu hadisni aytganlar: "Shohid kishi bizdan g’oib kishiga etkazsin. Balki o’sha kishi hadisni yetkazgan kishidan ko’ra saqlovchiroqdir.
Alloh taolo ana shu sahobalarni nurli ko’zlar, fikrlovchi aqllar, ta`bir qiluvchi tillar, saqlovchi qalblar va ulug’vor nafslar bilan rizqlantirdi, ya`ni ularga ana shu narsalarni nasib ayladi. Shuning uchun u zotlar barcha hadislarni yodlab olib, qalblariga muhrlab qo’ydilar, so’ngra bir - birlariga, eshitgan eshitmaganlarga aytib yurib, Payg’ambar s.a.v. so’zlarining avloddan - avlodga o’tib saqlanib qolishiga sabab bo’ldilar.
Aqilxanov Saidolimxon
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti o'qituvchisi