Sunnat va Hadis
Sunnat va hadis bir-birining oʻrnida ishlatilib kelingan istilohdir. Hadis xosroq, sunnat umumiyroq koʻrinadi.
“Hadis” arab tilida lugʻat etiboridan “gap, soʻz” maʼnosini anglatadi.
Istelohda esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak gapirgan soʻzlari, bajargan feʼllari yoki biron feʼlni bajarganda bu feʼldan rozi boʻlganliklari yohud sukutlari va sifatlarining ifodasidir. Bularning hammasi hadis boʻlib, sharʼiy hukm hisoblanadi.
Hadis – gaplashish va biror narsaning xabarini berish maʼnosida kelgan bayon va ifodaning nomidir. Keyin Rasululloh (s.a.v.)ning gapirgan gaplari, bajargan feʼllari, biror masaladagi roziliklari yoki sifatlari hadis, deyilgan.
Sunnat asl eʼtibori bilan hadis lafziga barobar emas.
“Sunnat” arab tilida lugʻat etiboridan «tariqat, maʻnaviy yoʻl» maʼnosini anglatadi. Masalan Falonchining sunnati degani uning hayotiy yoʻli, deganidir. Shundan kelib chiqib, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari, deganda tariqatlari, yoʻllarini tushunamiz.
Istilohda quyidagicha taʼrif qiladilar: «Paygʻambar Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdan asar boʻlib qolgan gap, ish, taqrir, xalqiy (tana tuzilishi), axloqiy sifatlar va tarjimayi holga tegishli maʼlumotlarga “sunnat”, deyiladi».
Muhaddis ulamolarning fikricha, hadis va sunnat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak gapirgan soʻzlari, bajargan feʼllari yoki biron feʼlni bajarganda bu feʼldan rozi boʻlganliklari yohud sukutlari va sifatlarining ifodasidir. Bularning hammasi hadis boʻlib, sharʼiy hukm hisoblanadi. Ammo bu ikki lafz, yaʼni hadis va sunnatlarning lugʻaviy maʼnolariga eʼtibor berilsa, lugʻat va istiloh jihatidan ishlatishda farqlari bordir.
Bu ikki lafz tushuncha orasidagi ana shu farq tufayli baʼzi muhaddislar: “Bu hadis qiyosga, sunnatga va ijmoʼga ziddir”, deyishgan. Bu ikkala soʻz orasidagi bir-biriga oʻxshashlikni ana shunday ifoda va iboralar mazmunidan tushunamiz.
Xulosa o‘rnida yuqorida Prezidentimizning hadis ilmi borasida olib borgan islohotlarini zamirida yurtimizda yashab turgan xalqimizning tinch-totuv yashashi yotadi albatta. Shunday ekan buni qanday qilib o‘z hayotimizga tadbiq eta olamiz? Ya’ni hadislarning tarbiyaviy jihatlarini qanday ajratib olamiz. Keling shu xususda bir mulohaza yuritsak. Teran nazar bilan qaraydigan bo‘lsak muammoli va og‘riqli nuqtalarimiz mavjud.
1) Qarindoshlar orasida silai rahm tobora ko’tarilib bormoqda bu esa o‘z navbatida o‘zaro birdamlikka putur yetkazuvchi omillardan biridir. Qarindosh urug‘chilik rishtalarini bog‘lash vojib darajasidagi ishdir uni uzib yuborish ham gunoh sanaladi.
وَعَنْ ابی هریره عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: إِنَّ الرَّحِمَ شِجْنَةٌ مِنَ الرَّحْمَنِ فَقَالَ اللهُ مَنْ وَصَلَكِ وَصَلْتُهُ وَمَنْ قَطَعَكِ قَطَعْتُهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alyhi va sallam: “Rahm Rahmondan olingandir. Bas, Alloh kimki seni uzsa, men ham uni uzaman. Kimki seni bog‘lasa men bog‘layman”, dedi deb aytdilar”.[4]
Sharh: Bu hadisi sharifdan silai rahm haqqi qanchalar ulug‘ ekanini anglab olamiz. Kim qarindoshlariga silai rahm qilsa, Alloh taolo ham unga rahm qilar ekan. Kim qarindoshlari bilan aloqani uzib, o‘z holiga tashlab qo‘ysa, Alloh taolo ham undan aloqani uzib, uni o‘z holiga tashlab qo‘yar ekan.
2) Qo‘shnilar orasidagi munosabat tobora yomonlashib borayorgani ham anichanarlidir. Janobimiz Rosulullohdan bu borada ko‘plab hadislar vorid bo‘lgan.
عَنْ عَائِشَةَ رَضِي الله عَنْهَا قَالَتْ قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ إِنَّ لِي جَارَيْنِ فَإِلَى أَيِّهِمَا أُهْدِي؟ قَالَ: إِلَى أَقْرَبِهِمَا مِنْكِ بَابًا.
Mo‘minlarning onasi Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilnadi: “Men: “Ey Allohning rosuli! Mening ikki qo‘shnim bor. Ulardan qay biriga hadya qilayin?” dedim. Shunda ul zot: “Senga eshigi eng yaqiniga”, dedilar”.[5]
Sharh: demak, qo‘shnining haqqi uning uyi yaqinligiga qarab turli darajada bo‘lar ekan. Eng yaqin qo‘shnining haqqi eng ko‘pi bo‘Lr ekan. Agar qo‘shnilardan biriga niyati paydo bo‘lsa, ularning eshigi yaqinidan boshlash yaxshi ekan. Xalqimizda shunday bir maqol bor: “Yon qo‘shni - jon qo‘shni” ushbu maqol ham biz o‘rgangan hadis ma’nosidan kelib chiqqan holda aytilgan bo‘lsa kerak.
[4] Imom Buxoriy. “sahih al-Buxoriy”, 5988 hadis.
[5] Ibn Hajar al-Asqoloniy (ahmad ibn Aliy ibn Hajar al-Asqoloniy). “Fath al-Boriy sharh sahih al-buxoriy” Maktabat al-Islomiyya, 10-juz, B: 462.
Aqilxonov Saidolimxon
“Hidoya” o‘rta maxsus islom
bilim yurti o‘qituvchisi