"Ta`avvuz"ning mohiyati
Alloh taborak va taolo har bir muʼminni Qurʼoni karimni tilovat qilmogʻidan oldin, malʼun shaytonning yomonligidan Alloh azza va jallaga panoh tilab sigʻinmoqqa buyuradi; zero Nahl surasining 98 – oyatida Alloh azza va jalla aytadiki: (فإذا قرأت القرآن فاستعذ بالله من الشيطان الرجيم) Qurʼon oʻqigan chogʻingizda, Allohdan quvilgan shaytonning (yomonligi)dan panoh soʻragin!
Demak Allohdan panoh so`rash mo`min bandani, Qur`oni karimni tilovatini boshlashdan oldin ro`paro keladigon ilk amalidir. Oyati karimadan maʼlum boʻyaptiki: biz Qurʼon tilovatini boshlashdan oldin Allohdan shaytonning yomonligidan panoh tilamogʻimiz lozimdir.
Inson, oʻzini yaratgan Parvardigoriga panoh tilab sigʻinarkan, zaif va qudratsiz boʻlishiga qaramay oʻzini kuchli, gʻolb his qiladi; chunki: Alloh taolo sen bilan birga ekan yaʼni panohi, sening qudrating barcha qudratlardan ustun va quvvating barcha quvvatlardan oliyroq boʻladi; zero sen butun borliqni yaratguchisi, qudrat, quvvati cheksiz va nihoyasiz boʻlgan Allohning panohini oʻzinga olding!
Biz mo`min, musulmonlar Quro`ni sharif qiroatini boshlarkanmiz, Allohning kalomiga istiqbolimiz go`zal suratda bo`lishligi uchun avvalo o`zimizning istiqbol jihozlarimiz ya`ni qalbimiz, o`yimiz, maqsad – murodimiz, bir so`z bilan aytganda butun vujudimiz musaffo bo`lmog`i lozimdir.
Bu holatga o`zimizning toqat-kuchimiz bilan erisholmaymiz; chunki: iblis va uning hiyla-nayranglari har daqiqa mo`min bandani Allohning yo`lidan ozdirib, to`sish payida bo`ladi.
Skayton alayhil-la`na biz uni ko`rmagan tomondan u bizni ko`raoladi va bizning amalda zaif bo`lgan jihatimizni topib shu orqali bizga hujum qiladi. Agar namoz borasida mustahkam bo`lsak, zakotni bermaslikka undaydi; shumcha qiynalib topganingni nega brtishing kerak; Berma! Faqir bo`lasan! Bermasang kanfortda yashashing yanada uzoqroqqa kafolatlanadi, deya turli vajlarni keltiradi.
Harqalay bizning qaysi nuqtada ojizligiz bor ekan, u shu tomonimizdan bizga daxl qiladi. Bu harakatni u uzliksiz davom ettiradi.
Inchunin Quro`n tilovatini boshlash lahzasida ham darrovda kelib, bundanda muhimroq farz ,vojiblar borligini eslatadi, shuning uchun tilovatni boshlashdan oldin ta`avvuzni uqishga buyurilganmizki: uqish mobaynida shaytonning vas-vasalaridan Allohning o`zi bizni panohida asraydi va Kalomullohni qiroat qilib ibodat huzur halovatini topishligimizda yordam beradi, aks holda iblisning makru nayranglaridan qutulolmaymiz, ustiga-ustak nafs-ammoramiz hamesha behuda, ayshu ishrat, qabohatlarni xohlab tusab turadi.
Ibodat qilishga g`ayrat- shijoatimiz va gunohlardan tiyilishga irodamiz faqatgina Buyuk Allohning yordami bilan bo`ladi. Ey Robbimiz Alloh! Yaxshi ishlarni qilish arafasida va jarayonida shaytonning sharridan, nafs ammoraning istaklaridan Seni panohinga qochamiz. Ibodatlarimizni maqbul, duolarimizni ijobat, o`zimizni solih bandalaring qatorida qilgin!
Amiyn.
Ziyayev Abdulqahhor
“Hidoya” o'rta maxsus islom
ta'lim muassasasi o'qituvchisi