Яратилиш санаси 24.09.2024

Sahoba roziyallohu anhumlarning odoblari

Sahoba roziyallohu anhumlarning Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga ko’rsatgan odoblariga ikki namuna 

Abbos roziyallohu anhu Nabiy sallollohu alayhi va sallamning amakilari edilar. Ularning yoshlari orasidagi farq juda katta emas edi. Bir safar Rasululloh sallollohu alayhi va sallam u kishidan: “Yoshingiz menikidan kattami?” deb so’radilar. Shunda Abbos roziyallohu anhu o’rnilardan turib: “Yo Rasululloh sallollohu alayhi va sallam, Siz buyuk va ulug’siz, mening yoshim kattroq xolos”, deb javob berdilar. 

Shunga o’xshash yana bir voqiya tarix kitoblarida zikr qilinadi. Usmon roziyallohu anhu bir sahobadan: “Siz kattamasiz yoki Nabiy sallollohu alayhi va salammi?” deb so’radilar. Shunda ul sahoba: “Albatta, Nabiy sallollohu alayhi va sallam mendan kattalar. Lekin men u kishidan oldin tug’ilganman”, deya javob qiladilar. 

Bu rivoyatlardan xulosa qilishimiz mumkin, sahobalar roziyallohu anhumlar suhbatlari jarayonida Nabiy sallollohu alayhi va sallamga beodoblik bo’lishi mumkin bo’lgan biror so’z ishlatmaganlar. Ular Rasululloh sallollohu alayhi va sallamni shunchalik hurmat-u ikrom qilganlarki, oddiy muloqot vaqtia ham tillaridan biror bir noo’rin so’z chiqmagan. 

Siyrat va hadis kitoblarida sahobalarning Nabiy sallollohu alayhi va sallamga ko’rsatgan yana bir odoblari haqida to’xtalib o’tiladi. “Shamoli Termiziy” kitobida rivoyat qilinishicha, Sahobalar agar biror bir jiddiy zarurat yoki muhim ehtiyoj tufayli U zot sallollohu alayhi va sallamning eshiklarini taqqillatadigan bo’lsalar, bu ishni tirnoqlari bilan qilar edilar. bundan maqsad xabarni yetkazish va ortiqcha shovqin bilan U zotni bezovta qilib qo’ymaslik edi. 

Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning “Boadab bonasib” kitoblaridan tarjima qilindi. 

Muhammadibrohim Isoqjonov 

“Hidoya” o'rta maxsus islom
ta'lim muassasasi o'qituvchisi