Яратилиш санаси 30.09.2024

Fiqhning mohiyati

Abu Hanifa rohmatulloh alayh:” Fiqh – nafs nima foyda va nima zararliligini bilmoq”,- deb aytganlar.

Ibnu Xoldun rohmatulloh alayh: "Fiqh – vojib, man qilish, mustahab, makruh va muboh bilan bo’lgan mukallafning fe’llaridagi Alloh taoloning hukmlarini bilmoq. Va ular Alloh taoloning Kitobi va Sunnat va shariat uni ma’rifati uchun bayon qilganlar dalillardan olingandur. Agar hukmlar ana shu dalillardan chiqsa, unga “Fiqh” deb aytiladi ”,- deb aytganlar. 

Fiqh - tafsiliy dalillardan olingan amaliy shar’iy masalalarni bilmoq.

Hukm - mukallafning fe’liga bog’liq bo’lgan shariatning xitobidur. Sodrush Sharia” rohmatulloh alayh: ”Albatta u shariatning vojib, sahih va fasodga o’xshash amallarga qilgan xitobiga binoan sobit bo’lganidir”,- deb ta’rif berganlar.

Shariat - U Haq Jalla Jalaluh (ya’ni Alloh Taolo) dir. Payg’ambarlar ilohiy buyruqlarni yetkizishga vosita bo’lganligi sababli ularning har birini ham “Shariat” deb aytiladi.  Ulug’likka qasd qilingan payg’ambarlardan shori’si u Muhammad sollohu alayhi vasallamdir.

Abdullayev Azimxon 

ta'lim muassasasi o'qituvchisi