Sahobalarning Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga ko’rsatgan odoblari
Makka Qurayshlari sardori Abu Sufyonning qizi Ummu Habiba roziyallohu anho musulmon bo’ldilar. Shundan so’ng Nabiy sallollohu alayhi va sallam u kishini o’z nikohlariga oldilar. Abu Sufyon bu paytda Islom dinini qabul qilmagan edi. Hudaybiya sulhi tugash vaqti kelganda, Makka Qurayshlari yana uning muddatini uzaytirishni xohladi. Bunday muhim ish uchun Abu Sufyon tanlandi.
Shunday qilib Abu Sufyon Madinaga safar qilib yetib bordi va qizi Ummu Habiba roziyallohu anhoning uylariga tushdi. Bir chorpoya ustida Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning to’shaklari yoyilgan holda turar edi. Abu Sufyon ana shu chorpoya ustiga o’tirishni mo’ljallab harakatlagan zahoti Ummu Habiba onamiz shoshilib, choyshabni yig’ib oldilar. So’ngra bo’shagan chorpoyaga otalarini o’tirishlariga ishora qilib: “Otajon, marhamat”, dedilar. Abu Sufyon bu holatni ko’rib, tushuna olmadi va qizidan: “Aytchi, bu choyshab menga munosib emasmi yoki men bu choyshabga loyiqmasmanmi?” deb so’radilar. Ummu Habiba roziyallohu anho otalariga: “Bu Rasululloh sallollohu alayhi va sallam tunaydigan choyshablari”, deb javob berdilar. Shunda Abu Sufyon: “U sening ering, men esa otangman-ku?!” dedi. Bunga javoban mo’minlar onasi Ummu Habiba roziyallohu anho: “Juda to’g’ri, lekin siz mushriksiz, Nabiy sallollohu alayhi va sallamning choyshablari esa pokdir.
Sizning najas bandaningiz mening Sayyidimning to’shagiga tegishini xohlamayman”, dedilar. Bu voqiyadan Nabiy sallollohu alayhi va sallamga bo’lgan odob va ishqning go’zal namunasini ko’rishimiz mumkin.
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning “Boadab bonasib” kitoblaridan tarjima qilindi.
Muhammadibrohim Isoqjonov
ta'lim muassasasi o'qituvchisi