Яратилиш санаси 09.10.2024

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning minbarlari

Masjidun nabaviyda xutba qilish uchun bir minbar bo’lib, uning uch pog’onasi bo’lardi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam xutba qiladigan bo’lsalar, eng yuqorisidagi pog’onasida o’tirib, o’rtadagisiga oyoqlarini qo’yib olar edilar. U zot sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan so’ng Abu Bakr siddiq roziyallohu anhu xalifa bo’ldilar.

Abu Bakr roziyallohu anhu xutba qiladigan bo’lsalar, minbarning o’rta pog’onasiga o’tirib, birinchisiga oyoqlarini qo’yar edilar. So’ngra Umar roziyallohu anhu xalifa bo’ldilar. U kishi xutba qiladigan bo’lsalar, minbarning birinchi pog’onasiga o’tirib, yerga oyoqlarini qo’yib olar edilar. Usmon roziyallohu anhuning davrlari kelganda, u zot minbarga qo’shimcha pog’onalar qo’shtirdilar. Xutba qilishga zarurat tug’ilganda ana shu qo’shilgan pog’onada turib xutba qilar edilar. Xulafoyi roshidin roziyallohu anhumlarning bu ishlari Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga nisbatan odobning eng go’zal namunalaridandir.

Muhammadibrohim Isoqjonov

ta'lim muassasasi o'qituvchisi