Яратилиш санаси 09.10.2024

Bolaga valiylik qilish

Valiylik ota-ona vaqarindoshlarning burchi va bolalarning haqqidir. Yetti yoshdan balog’at yoshiga yetguncha bolalar valiyga, o’zidan katta raxbarga muxtojdirlar. Bu ham, agar otaona bo’lmasa, yaqin qarindoshlariga yuklatiladi. “Valiylik” arab tilidagi “valiyyun” so’zidan olingan bo’lib, “yaqin bo’lish” , “ishini qilish” va “himoyasiga olish” manolarini bildiradi. Shariat istilohida esa “valiylik” ba’zi kishilarga shari’at bergan haq bo’lib, uning egasi u ila o’zgaga gapini o’tkazada. Bunda mazkur o’zganing roziligi shart emas. Musulmonlar farzandga xurlik, mukallaflik va musulmonlik sharti ila  “asaba”lar o’z tartiblariga binoan valiy bo’ladilar.   

Valiylik uch xil bo’ladi:   

1. Jonga valiylik.   

Bunga moli yo’q yosh bola misol bo’ladi. Bunda valiy unga ta’lim  beradi, odob beradi va voyaga yetganda nikoxlab, oilali qilib qo’yadi. 

Ota-ona va boshqa valiylarning balog’atga yetganlarni , agar ularning  o’zlari istamasa, nikohga, taloqqa majburlashga va molini olishga haqlari yo’q.   

2. Molga valiylik.   

Bunda molni tasarruf qilishni bilmaydiganlarning moliga qarab  turish uchun valiy bo’ladi.   

3. Jonga va molga valiylik qilish. 

Bunga yetim va boy bolaga valiy bo’lish misol bo’ladi. Bunda  valiy yetimni tarbiyalab, o’stirish bilan birga, uning molini muxofaza  qilishga ham mas’ul bo’ladi. 

Xulosa qilib aytsak, biz farzandlarimiz uchun bugun qayg'urmas ekanmiz, millat ravnaqi,  millat kelajagi haqida ertayu kech va'z o'qishimizning sariq chaqachalik  foydasi yo'q. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:  “Besh narsadan oldin besh narsani g'animat bil: keksalikdan oldin yoshlikni, betoblikdan oldin salomatlikni, faqirlikdan oldin boylikni, bandlikdan oldin bo'sh vaqtingni, o'limingdan oldin tiriklikni g'animat bil!” (Buxoriy va Muslim rivoyati). Ushbu hadisdan, xulosa shuki, ota-onalar farzandlariga har bir kunni g'animat bilib, hayotdan foydalanish zarurligini o'rganishlari kerak. Ularni yoshlik davridan boshlab mehnatga o'rgatib, halol mehnat, peshona teri bilan topilgan rizq-ro'zida baraka bo'lishi haqida pandu nasihatlar qilishlari ayni muddaodir. Yozgi ta'til boshlanishi bilan ko'pchilik talaba-o'quvchilar o'qishlardan ozod bo'lib, bo'sh vaqt, bekorchilik deb atalmish muammoga ro'baro' bo'ladilar. Uni muammo deb atashimizning boisi shuki, kishi bo'sh vaqtdan unumli foydalanmasa, uni zoe qilsa yoxud bo'sh vaqtni gunohu ma'siyat uchun sarflasa, bu kishi uchun ziyonga aylanadi. Kishi nafsidagi, vaqtidagi bo'shliqni har doim manfaatli narsalar bilan to'ldirib borishi lozim. 

Xulosa qilib aytamizki, aziz farzandlarimiz o'zlarini makorimul axloq kabi ulug' sifatlar bilan ziynatlagan holda ilm olishda, kasb-hunar malakalarini hosil qilishda, jamiyat va vatanga xizmat qilishda zo'r kuch va g'ayrat sarflaydilar deb umid qilamiz.

Mahmudjanov Javohir

ta'lim muassasasi o'qituvchisi