Яратилиш санаси 19.10.2024

IMOM ABDULLOH DORIMIY HAQLARIDA ULAMOLARNING E’TIROFLARI

Abdulloh ibn Abdulrahmon ibn Al-Fal bin Bahrom bin Abdulloh, imom, hofiz, Al-Dorimiy as-Samarqandiy. Imom Abdulloh ad-Dorimiy buyuk muhaddislardan biridir. U zot borasida ko‘plab o‘z zamonasining yetuk olimlari o‘z fikrlarini bildirib o‘tganlar. 

Abdul Samad Bin Sulaymon Al-Balxiy aytadilar: Men Yahyo Al-Hamani haqida Ahmad bin Hanbaldan so'radim, u dedi: biz Abdulloh ибн Abdul Rahmonning qavllari sababdina uni tark qildik, chunki  Abdulloh bin Abdul Rahmon bizning imomimizdur. 

 Ishoq ibn Dovud Al-Samarqandiy aytadi: bir qarindoshim Shoshdan keldi va  dedi: men Ahmad ibn Hanbalga keldim va unga Abu Munzirni vasf qilib, maqtay boshladim, shunda u dedi: men buni bilmayman, birodarlarimiz bizdan uzoq vaqtdan beri yo'q edilar, lekin siz Abdulloh ibn Abdurahmondan qayerdasiz, siz bu sayyidni o‘zingiga lozim tuting, siz bu sayyidni o‘zingiga lozim tuting, deb takrorladilar.

 Na'im bin Na'im aytadi: men Muhammad bin Abdulloh ibn Numayrdan eshitdim: Abdulloh bin Abdul Rahmon bizni xifz va taqvoda orqada qoldirib ketdi.

Ishoq Ibn Ibrohim Al-Varroq aytadi: men Muhammad ibn Abdulloh al-Maxramiyning aytganini eshitdim: Ey Xuroson xalqi, Abdulloh ibn Abd Al-Rahmon xalq orasida ekan, boshqa birov bilan mashg‘ul bo'lmanglar. U dedi: men Said Al-Ashajning otasi aytganini eshitdim: Abdulloh bin Abdul Rahmon bizning barcha sohadagi imomimiz.

 Usmon ibn Abu Shayba aytadi: Abdulloh ibn Abdurahmonning xifz, taqvo va amal borasidagi ishi barchaga zohirdir. 

Muhammad ibn Bashar aytdi: dunyoda Xofizlar to'rttadir: Abu Zara Rayda, Imom Muslim Naysoburda, Abdulloh ibn Abdurahmon Samarqandda, Muhammad ibn Ismoil Buxoroda. 

Ishoq Ibn Ahmad Abu Xatim ar-Roziydan rivoyat qiladi: Muhammad ibn Ismoil Iroqdagilarning eng olimidir, Muhammad ibn Yahyo Xurosondagilarning eng olimidir, Muhammad ibn Aslam ularni eng parxezkoridir va Abdulloh ibn AbduRahmon ularni eng sabotlirog‘idir.

Abu Homid Ibn Al-Sharqiy aytadi: Xurosondan hadis borasida beshta Imom chiqgandir: Muhammad ibn Yahyo, Muhammad ibn Ismoil, Abdulloh ibn Abdurahmon, Muslim Ibn Al-Hajjoj va Ibrohim ibn Abu Tolib.

Ishoq Ibn Ahmad Ibn Xalaf aytadi: biz Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriyning huzurlarida edik u kishiga Abdulloh ibn Abdurahmonning sharxi keltirilgan kitobni keltirishdi, u kishi boshlarni quyi soldi, keyin boshini ko'tardi va yonoqlarida ko'z yoshlari oqib turardi, keyin u zot: Abdulloh ibn Abdurahmon dinning ustunlaridan biri edi, dedilar. 

Abu Xatim Al-Roziy Ahmad ibn Hanbaldan, u Ad-Dorimiy haqida gapirib dedi: Abdulloh al-Darimiydan ko'ra eexni o‘tkir kishini ko'rmadim.

Shavkatjon MADAMINOV

“Hidoya” o'rta maxsus islom 
ta'lim muassasasi o'qituvchisi