
Qur`oni Karimning insonga ta`siri
Qur`onning mukofoti barcha tinglovchilarga barobardir, biroq inson Quro`ndan Kalomullohga bo`lgan ishonch – e`tiqodi va xulusi niyyatiga qarab bahramand bo`ladi, darhaqiqat Quro`n tilovat qilinarkan, uni eshtiyatganlar undan babbarobar foida ololmaydi. Bu holat Quro`ni karimda shunday bayon qilinadi:
( وَمِنْهُمْ مَن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ حَتَّى إِذَا خَرَجُوا مِنْ عِنْدِكَ قَالُوا لِلَّذِينَ أوتُوا الْعِلْمَ مَاذَا قَالَ ءَانِفًا أولـئِكَ الَّذِينَ طَبَعَ اللَّهُ عَلَى قُلُوبِهِمْ وَاتَّبَعُوا أَهْوآئَهُمْ )
“Va ulardan senga quloq osadigonlari bor. Huzuringdan chiqqanlarida esa, ilm berilganlarga: (ilimli sahobalarga) “Hali nima dedi?” – derlar. Ana o`shalar qalblariga Alloh tamg`a bosganlar va havoyi nafslariga ergashganlardir”. {Muhammad surasi 16 - oyat}
Bu oyati karimaga chuqurroq nazarsolsak; bir vaqtda Kalomullohga ikki toifa inson quloqsolyapdi, Qur`onga ishonmagan toifa Allohning marhamatidan mahrum bo`lyapti va shu psytning o`zida ular bilan bir majlisda Qor`oni karimga iymon – e`tiqod va xulusi – niyyat bilan unga quloqsolgan ilm egalari sahobai kiromlardan “Hali nima dedi?” deb, mazah qilib, go`yoki: arzimagan narsaku degandek, so`rashadi, vaholanki tilovat qilinayotgan oyatlar ular tushunadigan o`zlarining ona – tili, arab tilida edi. Kalimalari eshtilishi yoqimli va aytishga oson edi. Jumlalarni tuzilishi o`qiganda, eshtganda ilk daf`adayoq tushiniladigan, oldin uchramagan, jozibador ajib bir uslubda edi. Har qanday qalbga yetib borishdan ilojsiz edi, ammo unga ishonmaganlarga ta`sir qilmaydi, faqatgina hasrat bo`ldi.
Qur`oni karimga ishonib unga quloqsolganlar tug`risida esa Alloh ta`olo quyidagi oyatni nozil qilgan;
( وَلَوْ جًعَلْنَاهُ قُرْءَانًا أَعْجَمِيًّا لَقَالُواْ لَوْلَا فُصِّلَتْ ءَايَاتُهُ ءَاْعْجَمِيٌّ وَعَرَبِيٌّ قُلْ هُوَ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ هُدًى وَشِفَآءٌ وَالَّذِينَ لَايُؤْمِنُونَ فِيْ ءَاذَانِهِمْ وَقْرٌ وَهُوَ عَلَيْهِمْ عَمًى أُوْلَـئِكَ يُنَادَوْنَ مِن مَّكَانٍ بَعِيدٍ )
“Agar biz uni ajamiycha Qur'on qilganimizda, albatta: “Uning oyatlari mufassal bayon qilinganida edi. Arabiyga ajamchami?!” - der edilar. Sen: “U iymon keltirganlar uchun hidoyat va shifodir. Iymon keltirmaydiganlarning quloqlarida og'irlik bordir. U, ular uchun ko'rlikdir. Ular uzoq makondan chaqirilayotganlardir”, deb ayt”.
“U iymon keltirganlar uchun hidoyat va shifodir”, deb ayt.
Qur'oni karim mo`minlar uchun hidoyatdir. Qur'on mo`minlarni saodatli hidoyat yo'liga boshlaydi. Qur'oni Karim mo`minlar hayotining har bir sohasida ularga hidoyat mayogʻi bo'ladi. Uning hidoyatidan bahramand bo'lish uchun unga iymon keltirish kerak.
Qur'oni Karim mo`minlar uchun shifodir. Qur'on mo`minlarning barcha dardlariga shifo bo'ladi. Qur'on odamlarning qalblaridagi kasallariga, turli ijtimoiy, iqtisodiy, axloqiy, ma'naviy kasallarga shifodir. Uning shifobaxsh ligidan bahramand boʻlmoq uchun unga iymon keltirgan bo'lish kerak.
Bu ikki oyatdan xulosa qilinadiki: Qur`oni Karim tilovat qilinarkan unaga bo`lgan ishonchimiz, e`tiqodimizga yarasha u bizga foydali bo`ladi. Agar inson Kalomullohga nisbatan zarracha shubhada bo`lsa Qur`on unga aslo foyda bermatdi.
Ey Robbim Alloh! Bizni Qur`onga bo`lgan iymonimizni O`zing mustahkam qilgin.
Ziyayev Abduqahhor
ta'lim muassasasi oq'ituvchisi