
Ochiq ko‘ngillik - yaxshi fazilat!
Ochiqko‘ngillik bu hammaga birdek munosabatda bo‘lish, samimiylik. Ochiqko‘ngillik - yumshoq muomalalik, dunyo ishlarida ga’zablanmaslik odam farzandi uchun eng go‘zal fazilatlardan biri. (Tohir Malik)
Ochiq chehrali odam — ikkiyuzlamachilikdek nuqsondan yiroq bo’ladi... Ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik; chuchuk so’zidan el-yurtga xurramlik. Odamiylik bilan ko’ngillarga sevimli; insoniylik bilan jonlarga yoqimli. Undan do’st-dushman xotirjam. Bunday kishi umridan baraka topgay. (Alisher Navoiy)
Ochiq ko‘ngillik hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo‘ladi. Hilm axloqi odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. U yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi.
Samimiylik insonning eng qimmatli fazilatlaridan biridir. Bu so'zning sinonimi halollik, rostgo'ylik kabi tushunchalardir. Samimiylik - bu haqiqiy his-tuyg'ular va ularning so'zda va xatti-harakatlarda qanday namoyon bo'lishi va boshqalarga taqdim etilishi o'rtasida hech qanday qarama-qarshiliklar mavjud emasligidir. Xushmuomala va boshqalarning his-tuyg'ulariga e'tiborli bo'lish, albatta, muhim, lekin sodir bo'layotgan voqealarni yashash va hayot yo'limizdagi voqealarni ichki yoki muloqot orqali amalga oshirish qobiliyati kabi muhimdir.
Hilm natijasida odam xaloyiqning izzat-hurmatiga sazovor bo‘ladi; hilm tufayli kattalardan kichiklarga iltifot va marhamat yetishadi.
Muloyimlikdan gap-so‘z va hatti-harakatda yumshoq bo‘lish va ishlarning yengilini tanlash hamda birovga rad qilganda osonlikni ixtiyor qilish ko‘zda tutilgan. Muloyimlik momin kishining ziynatidir. Kim halim bolsa, insonlarga muloyimlik bilan muomala qilsa, insonlar oldida uning obrosi, qadr-qiymati oshadi, ziyodalashadi. Muloyimlik bolish uchun, avvalo, insonda Alloh taologa muhabbat bolish kerak. Alloh taolo Quroni karimda:
«Sen: «Agar Allohga muhabbat qilsangiz, Bas, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladir va sizlarni gunohlaringizni mag'firat qiladir», deb ayt», degan (Oli Imron, 31).
Allohga muhabbat va iymon quruq gaplar emas. Odamlar orasida o‘zining iymoni borligini, Allohga muhabbati borligini aytish bilan sobit bo‘ladigan narsa ham emas u. Allohga haqiqiy muhabbat, haqiqiy iymon og'izda aytiladigan gap, vijdoniy his-tuyg'u yoki ba'zi rasm-rusumlarni ado etishdan ham iborat emas. Aslida u Allohga va Uning Rasuliga to‘liq bo‘ysunishdan iboratdir.
«Agar Allohga muhabbat qilsangiz, Bas, menga ergashing».
Kim Allohga muhabbati borligidan da'vo qilsa, bu da'voning to‘g'ri yoki noto‘g'riligiga
Payg'ambar alayhissalomga ergashishiga qarab hukm chiqariladi. Agar u Payg'ambar alayhissalomga ergashsa, da'vosi to‘g'ri. Ergashmasa, to‘g'ri emas. Payg'ambar alayhissolatu vassalomga ergashish har bir bandaga bitmas-tuganmas baxtsaodat keltiradi. Bu narsa oyatda quyidagicha bayon qilinmoqda:
«Alloh sizga muhabbat qiladir va sizlarning gunohlaringizni mag'firat qiladir».
Mo‘min banda uchun Allohning muhabbatidan ham ulug'roq baxt, ulug'roq saodat bormi! Buning ustiga, uning gunohlarini ham mag'firat qilib tursa!
Kimga muloyimlikdan nasibasi berilgan bo‘lsa, batahqiq, unga yaxshilikdan nasibasi berilibdi. Kimga muloyimlikdan nasibasi berilmagan bo‘lsa, batahqiq, unga yaxshilikdan nasibasi berilmabdi.
Turli millatlarda ochiq ko’ngillikka misol:
Janubiy Korealiklar biron narsani bir insonga chin ko’ngildan berishmoqchi bo’lishsa, uni ikki qo’l bilan berishar ekan. Agar bitta qo’l bilan berilsa, uni rozi bo’lmasdan berish belgisi hisoblanar ekan.
Yaponiyaliklar doim bir birlariga tabassum bilan yuzlanar ekanlar. Bu ham ochiq ko’ngillik va samimiyat belgisi hisoblanadi.
Amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:
Oilada ochiq ko‘ngil bo‘lishga har bir inson harakat qilmog’i va bunga alohida e’tibor qaratilmog’i lozimdir.
Ta’lim muassasalarida ochiq ko‘ngillilik mavzusida maxsus darslar yoki tadbirlar o‘tkazish, bu orqali yosh avlodni mazkur qadriyatning ahamiyati haqida tushuntirish.
Har qanday vaziyatda barcha insonlarga samimiy va tabassumli bo‘lish kerak.
Yoqubjanov Abdurashid
Ta'lim muassasasi o'qituvchisi