TAHORATNING ODOBLARI
Quyida sizlarga tahorat olishdagi odoblarni sanab o'tamiz:
1) Qiblaga qarab oʻtirib tahorat qilish
2) Baland joyda oʻtirib tahorat qilish
3) Tahorat qilishda uzuri boʻlmasa, birovning yordamidan foydalanmaslik
4) Tahorat paytida gapirmaslik.
5) Uzugi bor odamlar uni qimirlatib ustiga suv yetkazishi
6) Ogʻziga va burunga oʻng qoʻl bilan suv olib, burunni chap qoʻl bilan tozalash - qoqish
7) Shoshilib qolmaslik uchun namoz vaqti kirmasidan oldin tahorat qilish.
8) Suvni isrof qilmaslik
9) Ishlatish oson boʻlishi uchun tahorat suvi solingan idishni oʻng tomonga qoʻyib olish
10) Qalbdagi niyat bilan tildagi gapni birlashtirish
11) Har bir a'zoni yuvganda "Bismillah"ni aytib, duo oʻqish
12) Tahorat qilib boʻlgandan keyin shahodat kalimasini oʻqish.
عَنْ عُمَرَ ، عَنِ النَّبِيِّ ﷺ قَالَ: «مَا مِنْكُمْ مِنْ أَحَدٍ يَتَوَضَأُ فَيُحْسِنُ الْوُضُوءَ، ثُمَّ يَقُولُ حِينَ يَفْرُغُ مِنْ وُضُوئِهِ : أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ، وَحَدَهُ لا شَريكَ لَهُ، وَأَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ، إِلَّا فَتَحَتْ لَهُ أَبْوَابُ الْجَنَّة الثَّمَانِيَةِ، يَدْخُلُ مِنْ أَيُّهَا شَاءَ».رواه الخمسة إلا البخاري
Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Аgar sizlardan birortangiz tahorat olsa-yu, taxoratini yaxshilab qilsa, soʼngra, tahoratidan forigʼ boʼlishida: «Аshhadu allaa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka laxu. Va ashhadu anna Muhammadan abduxu va Rosuluxu», deb aytsa, albatta, unga jannatning sakkiz eshigi ochilur va u xohlaganidan kirur», dedilar». (Beshovlaridan faqat Buhoriy rivoyati qilmagan)
13) Tahorat qilib boʻlgach, ikki rakat namoz oʻqish.
Jamalov Qodirxon
ta'lim muassasasi talabasi