Яратилиш санаси 15.11.2024

O'q ota olmayman...

Sahoba roziyallohu anhumlarning Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga ko’rsatgan odoblariga namunalar

Bir safar Fazola ibn Ubayd Aslamiy va hazrat ibn Vara’ (ba’zi sharhlarda Mihjan ibn Adra ha keladi) bilan kaondan o’q uzish bo’yicha musobaqa qilayotgan edilar. To’satdan Rasululloh sallollohu alayhi va sallam o’sha joydan o’tayotib, ularning bahslariga xursand holda qarab qoldilar. So’ngra Nabiy sallollohu alayhi va sallam Fozala roziyallohu anhuga qarab: “Ey Bani Ismoil, sizlar kamondan o’q otinglar, chunki bobongiz ham kamonchi bo’lgan. Sizlar kamondan o’q otinglar men ibn Vara’ bilan birga bo’laman”, dedilar. Bu gapni eshitgan Fazola roziyallohu anhu qo’llaridagi kamonni qo’ydilarda: “Yo Rasululloh, agar Siz ibn Vara’ tarafda bo’lsangiz, men odobga binoan men musobaqada bo’lsin o’q ota olmayman. Ya’ni musobaqa so’zi tenglik degan ma’noni anglatadi. Shunday ekan men qanday qilib, siz bilan teng kela olaman!?” dedilar.

Hazrat Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning “Boadab bonasib” kitoblaridan tarjima qilindi. 

Muhammad Ibrohim Isoqjonov 

“Hidoya” o'rta maxsus islom
ta'lim muassasasi o'qituvchisi