Яратилиш санаси 16.11.2024

Ta'lim muassasasida davra suhbati bo'lib o'tdi...

Ta’lim muassasasida 15-noyabr kuni talabalar ishtirokida “Diniy bag‘rikenglik” mavzusi yuzasidan davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim uslubchisi Hoshimjon Qodirov, muassasaning arab tili o‘qituvchisi MuhammadIbrohim Isoqjonov va 4-kurs talabalari ishtirok etdilar. 

Tadbirni “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim” uslubchisi H. Qodirov olib bordi. 

Tadbirda so‘z olgan notiq o‘z so‘zida – Din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoida shakllarida mustahkamlanib kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir. Qur’oni Karimda “din” turli ma’nolarda 100 dan ortiq marotaba ishlatilgan.

Mamlakatimizda turli dinlarga e’tiqod qiladigan fuqarolar uchun o‘z diniy marosimlarini o‘tkazish va mamlakat hayotida faol ishtirok etishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. O‘zbekiston fuqarolarining 94% dan ziyod qismini islom diniga e’tiqod qiluvchilar tashkil etsa, aholining 3,5 % pravoslav, qolganlarni boshqa vakillari tashkil etadi. 
 

Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi xilma xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir vatanda buyuk g‘oya va niyatlar yo‘lida hamjihat, hamkor bo‘lib yashashini, faoliyatini anglatadi. Azal-azaldan diyorimizda islom, nasroniylik yahudiylik kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagogalar mavjud bo‘lib, turli millat va dinga mansub bo‘lgan qavmlar o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelgan. Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida diniy mojarolar bo‘lmagan xalqimizning dinlararo bag‘rikenglik borasida katta tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi.

Diniy bag‘rikenglikning ustuvorligiga erishishda diniy tashkilotlarning mavjud huquqiy hujjatlar talablari doirasida faoliyat olib borishning o‘ziga xos o‘rni bor. Xususan, yashirin diniy faoliyatga yo‘l qo‘yilmasligi turli ko‘rinishlardagi mutaassiblik va ekstremizmning oldini olishga, konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat, tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek dindan, davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, jamiyatning ma’naviy-axloqiy negizlarini izdan chiqarishga qaratilgan, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi va boshqa shunga o‘xshash xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik ham nihoyatda muhim hisoblanadi. Sharq falsafasi va islom ta’limotida bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, uning odob axloqi haqida juda ko‘p qimmatli maslahatlar, fikrlar, mulohazalar mavjud. 

Tadbir so‘ngida talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.  

Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati